Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə63/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajri- ba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma'naviy boyliklar «Madaniy meros» tushunchasida ifodalanadi. Har bir

158


davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masa- lan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazina- sida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassa- mlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproq- da qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik be- radi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namuna- si sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas- diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshi- rilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad- rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islo- miy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asar- lari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoq- da. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin