«Madaniyat» tushunchasi. Bu tushuncha (arabcha shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i) tabiat va o‘zaro munosabat- larda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy gu- ruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks et- tiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (yerga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foy- dalanish va h.k.) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyat- ning o‘zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o‘laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo‘Idi.
Inson faoliyatining ikki asosiy turi — moddiy va ma’naviy yaratuvchanlikka ko‘ra, madaniyat moddiy va ma’naviy madani- yatlarga bo‘linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar — mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
156
Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari — bilim, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor, asotirlar va shu kabilar kiradi.
Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davrlarida madaniyat yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari ustuvor o‘rin tutishi lozimligi tushunil- gan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud. Masalan, Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shu bois madaniyat nafaqat o‘tmish yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifo- dasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi. Insoniyat o‘zi ham pirovard natijada madani- yat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo'lsa, inson ham shun- day shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo‘lish mumkin emas, madaniyat rivojida noyob iste’dod sohib- lari: fan, adabiyot, san’at ahli ham katta o‘rin tutadi. Ular tufayli madaniyatda yangi yondashuv, ijod turlari, badiiy-estetik qarash- lar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan ayrim kasb turlari madaniyatning alohida shakli sifatida e’tirof etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, bi- nokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayo- tida alohida o‘rin tutadigan turlari ham qayd etiladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy madaniyat va h.k. Bu hol madaniyat turlarini alohida-alohida hamda qiyosiy o‘rganish yondashuvining shakllanishi, fanning alohida tarmog‘i sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |