Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə69/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tayanch tushunchalar: jamiyat, jamiyatning tuzilishi, oila, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, madaniyat, qadriyatlar, qadrlash va qadrsiz- lanish mezonlari.


Takrorlash uchun savollar


  1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz?



  2. Jamiyatga xos belgilarni sanang.



  3. Sivilizatsiya nima?



  4. Madaniyat nima?



  5. «Qadr» va «Qadriyat» tushunchalarining mazmunini qan- day izohlaysiz?



  6. Qadrsizlanishni qanday tushunasiz?



  1. mavzu. Falsafly antropologiya. Inson falsafasi



Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi. In-

son muammosi falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zo- tining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jami- yatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi masalalar hamma davr faylasuflarining diqqat markazida turgan. Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik xu- susiyatlarini o‘rganish hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bog'liq ji-




169

hatlari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘zi va o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq muammolar azal- azaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bo‘lib kelmoqda.

Suqrotning «0‘zligingni angla», «0‘zingni bilsang, olamni bi- lasan» degan hikmatli so‘zlari har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiya- ti mujassamlashgandir. Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritila- digan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltir- masa, jamiyatning og‘irini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.

Bu borada «Odam», «inson», «shaxs» tushunchalari qo‘llaniladi va ularni kundalik hayotda qariyb bir xil ma’noda ishlatish hollari uchraydi. Ammo ular orasida ilmiy jihatdan muayyan farqlar ham yo‘q emas. «Odam» tushunchasi biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan tirik jonzotga, odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa jonzotlar- dan farq qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, ijtimoiy mehnat qila olish qobiliyati va boshqalardir. «Inson» tushunchasi esa odam zotini muayyan darajadagi ijtimoiy xu- susiyatlar va jihatlarni o‘zlashtirib olganligi bilan bog‘liq kamolot darajasini ifodalaydi. Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham asosiy xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan ma’naviy-ax- loqiy kamolotga yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson va shaxsga nisbatan rang-barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni uchratish mumkin.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin