Falsafa asoslari


«Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə67/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

«Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi. Qadriyatlar to‘g‘risida G‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (ak- sio — qadriyat, logos — fan, talimot) fani rivojlangan mamlakat- larda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillar- ning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo‘lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.


164

Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya’ni biron-bir narsa, voqea, liodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ij- limoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushun- chasi o‘zbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimiz- dagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini ang- lash, avvalo, qadrning ma’nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri va ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi.

Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-falsafiy man- balarning ko‘pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qi- yoslash, ularga bir xil daraja va ko‘lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijti- moiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozod- lik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida — sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi.

Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q. Ularni moddiy va ma’naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bo‘lish mumkin. Bu shakllar ham ularga mos ravish- da tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o‘zaro uyg‘unlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy aloqadorlikda na- moyon bo‘ladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy bilish- ning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo‘lak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qo‘l keladi.

Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining o‘z qadrini yo‘qotishi yoki pasaytirishi jarayonini, insonning o‘z


165

obro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi ma’nosini anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir bo‘ladigan umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas, balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qad- riyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning tanazzulga yuz tutgani, yo‘q bo‘lib ketgani ma’lum. Masalan, sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.

Qadrsizlanish jarayoniga sabab boMadigan ko‘plab omillar mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllari- ning haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki siyqalashtirilishi, ularga noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat usuliga aylantirilishi bunga sabab boMishi mumkin. Bunday holda qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoli- yati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi me- zon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.

Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi «pir» boMishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham namo- yon boMishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofi- dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan barobar boMadi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi anglatadigan ma’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga intilishi zarur boMadi.

Qadrsizlanish faqat shaxslar o‘rtasidagina boMib qolmasdan, balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, qim- matli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin. Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablagMar va qimmatli qog‘ozlar misolida ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsiz- lanish oqibatida ma’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisod- ning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin. Bunday hol iqtisodiy



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin