Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə68/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

166

bo‘hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni keltirib chiqarishi shubhasiz.



Mustaqillik va qadriyatlar tizimi o‘zgarishi. Istiqlol yillari- da 0‘zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar aso- sida yondashish shakllandi. Istiqlol asrlar davomida shakllan- gan o‘ziga xos sharqona va o‘zbekona qadrlash masalalari va me’yorlarini qayta tiklash hamda zamonaviy talablar daraja- sida takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ydi. Zero, mustaqil bo‘lmagan mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to‘kis bo‘lmaydi. Mustamlaka mamlakatning ma’naviy hayotida mus- tamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bo‘lishi aniq. Faqat mus- taqillikkina ushbu holatni tubdan o‘zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi.

Shu sababdan ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakl- lantirishni taqozo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta ba- holash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor bo'lgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan uyg‘unlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi o‘zgarishlarga e’tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan ta’lim-tarbiyada foy- dalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda.

0‘zbekistonning milliy istiqloliga asoslanadigan yangi qadri- yatlar tizimi shakllanish jarayonlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar, respublikamizda qadriyatlar omili samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari ham ilmiy o‘rganishni talab qiladi. Ushbu masalani oydinlashtirish uchun tarixga murojaat qilish, undan tashbehlar izlash mumkin. Holbuki dunyodagi eng qadimiy sivi- lizatsiyalardan biriga mansub bo'lgan, o‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladigan va uch ming yildan ko‘proq davrni qamrab oladigan xalqimiz tarixi, mustaqil 0‘zbekistonda shaklla- nayotgan yangi qadriyat tizimi va unga munosabatimizning tamal toshlarini qo‘yadigan ma’naviy asosdir.

Mustaqil 0‘zbekistonning rivoji qanchalik yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib boraverar ekan, tarix sahifalariga murojaat qilish, un- dan tashbehlar izlash ehtiyoji shunchalik ortib boraveradi. Ammo




167

hayot faqat tarixdan iborat emas. Tarix naqadar serqirra va serma’no bolmasin, bugungi va kelajakdagi o‘zgarishlarni to‘la- to‘kis qamrab ololmaydi, balki kelajakda tarixga aylanadigan ja- rayonlarga asos boladi, xolos.

Ijtimoiy taraqqiyot esa tarix silsilalari, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar orasidan o‘ziga yo‘l ochib boradi. Uning zamondagi bunday ilgarilanma harakati jamiyat taraqqiyotini umumijtimoiy qonuniyatidir. Bu qonuniyat qadriyat tizimlari, ularni tarkibiy qismlaridagi o‘zgarishlar dialektikasi uchun ham umumiydir. Qadriyat tizimlarining zamona zayllari ta’sirida o‘zgarishi va davr realliklariga mos holatga kelishi ham ana shu jarayonga bo‘ysunadi. Bu jarayonda o‘zgarishlar voqea va hodisalarni za- mondagi ketma-ketligi tarzida ro‘y beradi. Dialektik tafakkur esa ana shu davomiylikning in’ikosi, uni anglab olish vositasi sifa- tida namoyon bo‘ladi. U qadriyatlarni o‘zgarishi va yangi qadriyat tizimlari vujudga kelishi jarayonini anglab olish imkonini beradi. Hozirgi davrdagi turli nomutanosibliklar, zamona silsilalari va muammolari orqali shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimi vu- judga kelish jarayonini tasavvur qilmoq u uchun ham dialektik tafakkur va ilmiy bilish usullariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Jamiyatning tub burilish bosqichlarida qadriyatlar tizimi, kishilarni ularga munosabati o‘zgarishi shunchalik shiddatli tus oladiki, bu jarayonning tezkor sur’atlarini anglash, izohlash va asoslashga eng dialektik tafakkur usuli ham ulgura olmay qoladi. Biz tadqiqotlarimiz davomida bu fikr to‘g‘riligiga ishonch hosil qildik. Bu davrda sobiq ittifoq tizimi bilan bog‘liq davr o‘tmishga aylandi.

Xullas, 0‘zbekistonni mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tganligi yangi qadriyatlar tizimi shakllanishi va barqarorligini ta’minlaydigan asosiy omildir. Mustaqillik tufayli dunyoga eshik ochish, jahon maydoniga, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga so- bitqadamlik bilan kirib borish, o‘zaro iqtisodiy, madaniy, ilmiy, savdo va boshqa sohalarda qizg‘in hamkorlikni yo‘lga qo'yish, 0‘zbekistonni, uning boy o‘tmishini, madaniyatini, hozirgi kunini va bu yerda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonini dunyoga tanitish imkoniyatlari ochildi.


168

Bugungi kunda zaminimizda yashayotgan va bizga zamondosh bo‘lgan kishilar hayotida yangi davr boshlandi. Ya’ni mustaqil 0‘zbekistonimizning milliy istiqloliga asoslangan yangi qadri- yatlar tizimini barqaror qilish, bu tizimda qadriyat shakllarining dialektik uyg‘unligiga erishish, inson qadri, qobiliyati, iste'dodini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dol- zarb vazifalar hozirgi avlod umrining mazmuniga aylandi.

Mazkur sohada zimmamizdagi vazifalarni bajarishda ma’naviy-ma’rifiy vositalar hamda targ‘ibotning ta'sirchan usulla- rini qollash, faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi bo'lib qolmoqda. Bu esa har birimizni ushbu yo‘nalishda faol va omilkor bo‘lishga undaydi hamda barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin