Falsafa asoslari


Jamiyatning moddiy-ma’naviy hayoti



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə56/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Jamiyatning moddiy-ma’naviy hayoti. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vosi- talari, o‘zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g‘oya, mafkura, go‘zallik, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohi- yati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojla- rini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mo- hiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo‘lib xizmat qila- di. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o‘z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.

Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.

Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:



  • kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;



  • oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommuni- katsiya vositalari;



  • moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh- lash va iste’mol qilish;



  • ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmuyi;



  • moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.



Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar,


149

mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.

Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhim. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlar- ning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi hamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlani- shi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatni kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug‘ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga ke- ladi, ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo‘shadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin