Tayanch tushunchalar: bog‘lanish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish, kategori- yalar, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, mazmun va shakl, sistema va element, butun va bo‘lak, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik.
Takrorlash uchun savollar
Qonun nima?
Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?
Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar keltira olasizmi?
Miqdor va sifat nima? Me’yor-chi?
Inkor nima? Inkorni inkor-chi?
Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.
Juft kategoriyalar mazmunidagi ichki birlikning asosi ni- mada?
Hozirgi davrda taraqqiyot va o‘zaro bog'liqlik tamoyillari qanday namoyon bo‘lmoqda?
135
mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
Bilish va uning shakllari. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o£rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qa- ratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli ja- rayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik fay- lasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bi- limdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyat- lariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alo- hida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalari- ning haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladi- mi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turi- dir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehti- yoj, hayotiy zaruriyatdir.
136
Insoniyat ko‘p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umum- lashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qan- day turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bi- limlar hosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qi- lish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug'ullanadigan va il- miy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug‘ullanadilar.
Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (il- miy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g‘arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullari- ni o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.
Dostları ilə paylaş: |