Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə94/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Nisbatsiz tushunchalar zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qil- maydigan, nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi.


«ustoz va shogird», «qattiq va yumshoq», «sevinch va qayg‘u»



Mazmuni noaniq tushunchalar. Kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaniladigan shunday tushunchalar bor-ki, ularning mazmunini aniqlab bo‘lmaydi. Buning bir necha sabablari bor:



  1. Voqelikdagi buyum va hodisalar, ularning xususiyatlari ko‘p qirrali va murakkabdir. Masalan, «sevgi», «haqiqat» shun- day tushunchalar jumlasidandir. Bu tushunchalarni har bir inson o‘zicha talqin qiladi.



  2. Olamdagi barcha narsa va hodisalar doimiy o‘zgarishdadir. Ba’zan bu o‘zgarishlarning vaqt chegarasi noaniq bo‘ladi. Ma- salan, «yosh yigit», «qari odam» tushunchalarida «qachondan boshlab?» «qay vaqtgacha?» kabi savollarga aniq javob bo‘lmagani uchun, bu tushunchalarning mazmuni noaniqdir.



  3. Odamlar bir xil bo‘lgan obyektlarni har xil baholaydilar. Masalan, «zerikarli film», «qiyin vazifa», «yoqimli kuy» va h.k. Shunday tushunchalarga nisbatan «nima uchun?» degan savolni




213

qo‘ysak, hamma har xil javob beradi, natijada bu kabi tushuncha- larning aniq mazmunini bilib bo‘lmaydi, lekin tasavvur qilish mumkin. Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ hujjatlarda qo‘llanilganda ularning mazmuni qat’iy aniqlab olina- di. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi dasturda «yoshlar», «yosh oila», «yosh mutaxassis» kabi tushunchalarning mazmuni qat’iy belgilangan1.

Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko‘ra turlarini bilish fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq va to‘g‘ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushuncha- ning mazmuni va hajmiga ko‘ra qaysi turga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:

Universitet — umumiy sanaladigan, to'plovchi, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.

Kentavr — bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.

Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbat- dosh tushuncha.



Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bogliqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko‘ra tushunchaning hajmi keng bo‘lsa, uning mazmuni tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning hajmi tor bo‘lsa mazmuni keng bo‘ladi.

Tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amal- lar asosida yotadi.




  1. Yüklə 0,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin