Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə100/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Sun’iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar kata- logi, lug‘atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tas- niflashga misol bo‘ladi. Sun'iy tasniflash bilimlarni tizimlashti- rishga yordam beradi.

Tasniflashda ham tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur. Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vosi- tasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.




  1. Fikr yuritishda tushunchalar bilan bog‘liq xatoliklar



Fikrning to‘g‘ri qurilishi va xatosiz, ya’ni chin bo‘lishi tu- shunchalarni o‘z o‘rnida, faqat bir ma’noda qo'llashga bog‘liq. Tushunchalarni noto‘g‘ri qo‘llash fikr mazmunining o‘zgarib ke- tishiga va turli mantiqiy xatolarga olib keladi.

Quyidagi holatlarda tushuncha noto‘g‘ri qo‘IIanilgan hisobla- nadi:



  1. Bir tushuncha bir necha ma’noda qollanilsa (yulduz - ism, mashhur inson, koinotdagi jism).



  2. Tushuncha o‘z ma’nosida qo‘llanilmasa (uchar yigit, tulki- ayyor inson).



  3. Tushunchada predmetga xos bo‘lmagan belgilar qayd etilsa (jismsiz jism, temir odam, kulayotgan fil, bir asrda uch yuz yil yashagan odam).



  4. Urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilsa ham tushunchaning ma’nosi o‘zgarib, fikrda noaniqlik vujudga keladi.



Ihshunchalarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:



  1. Fikrlash jarayonida har bir tushuncha faqat bir ma’noda qo‘llanishi shart.



  2. Tushunchaning ma’nosi noaniq bo‘lsa, savol berib uni aniqlab olish zarur.




220







  1. Ko‘chma ma’noda qo'llanilgan tushunchalarni aynan siz tushungan ma’noda qo'llanilganini aniqlab olish shart.



  2. Tushuncha ifodalagan predmetga xos belgilarni to‘liq bilish shart.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin