Falsafa asoslari


Francis e-Library, 2006. p.18



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə109/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Francis e-Library, 2006. p.18.


231

Demak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat: xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining o‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqiy aloqadorligi).

Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevo- sita) va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo'nalishiga ko‘ra deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo'linadi.

Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo'yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imko- nini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qa- ralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarish- ning bir turi sifatida o'rganilishi mumkin.



Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlari- dan biri bevosita xulosa chiqarishdir.

Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xu- losa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarki- bi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega boiadi. Bevosita xulosa chiqa- rishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:




  1. Aylantirish (lot. — obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi1. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asos- ning predikati, keyin boglovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:




1 Look: Morris R. Cohen Emest Nagelan introduction to logic and scientific method New Dehli. 2007. P59.


232






Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin