Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylan- tirish usuli bilan xulosa chiqariladi.
Nq
|
Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza
|
Xulosa bo‘lgan mulohaza
|
1
|
A. Hamma S-P
|
E. Hech bir S-Psiz emas
|
2
|
E. Hech bir S-P emas
|
A. Hamma S emas P dir
|
3
|
I. Ba’zi S-P
|
0. Ba’zi S-P siz emas
|
4
|
0. Ba’zi S-P emas
|
I. Ba’zi S - P sizdir
|
Aylantirishga misol:
A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega.
E. Shifokor bo‘lganlarning hech biri oliy tibbiy ma'lumotsiz emas.
E. Hech bir yolg‘onchi rostgo‘y emas.
A. Hamma yolg‘onchi bo‘lmaganlar rostgo‘ydir.
Ba’zi suralar uzundir.
O. Ba’zi suralar qisqa emas.
Ba’zi jumlalar tushunarli emas.
Ba’zi jumlalar tushunarsizdir.
Almashtirish (lot — conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqa- rish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subyekt va pre- dikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi1.
Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Nq
|
Xulosa asosi
|
Xulosa
|
Almashtirish turi
|
1
|
A. Hamma S-P
|
A. Hamma P-S
|
Sof almashtirish
|
2
|
E. Hech bir S-P emas
|
E. Hech bir P-S emas
|
Sof almashtirish
|
3
|
I. Ba’zi S-P
|
I. Ba’zi P-S
|
Sof almashtirish
|
4
|
A. Hamma S-P
|
I. Ba’zi P-S
|
Toraytirilgan al- mashtirish
|
5
|
I. Ba’zi S-P
|
A. Hamma P-S
|
Kengaytirilgan al- mashtirish
|
Juziy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bolmaydi.
Almashtirishga misol:
misol. A. Hamma shifokorlar oliy malumotlidir.
Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.
misol. E. Hech bir inson tosh emas.
E. Hech bir tosh inson emas.
misol. I. Ba’zi yoshlar tadbirkordir.
I. Ba’zi tadbirkorlar yoshlardir.
misol. A. Hamma odamlar jonli mavjudotdir.
I. Ba’zi jonli mavjudotlar odamlardir.
misol. I. Ba’zi san’atkorlar qo‘shiqchidir.
A. Hamma qo‘shiqchilar san’atkordir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi sub- yekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ay- niqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot— contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil bo‘lgan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub- yektiga mos bo‘ladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:
S-P
|
S-P
|
1p-]s
|
P-Ms
|
234
Masalan:
A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.
E. Islom diniga e'tiqod qilmaydiganlarning hech biri musul- mon emas.
Juziy tasdiq mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo£yish usuli bilan xulosa chiqarib bolmaydi. Chunki, juziy tasdiq mu- lohazani aylantirsak juziy inkor hukm kelib chiqadi. Undan al- mashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra xulosa chin bo‘lgan quyidagi holatlarni ko'rsatish mumkin.
Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan: A—>1, E—>0.
Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan: A—>0, E—>1
Masalan: A. Hamma daraxtlarning ildizi bor.
I. Ba’zi daraxtlarning ildizi bor.
E. Hech bir faylasuf matematik emas.
I. Ba’zi faylasuflar matematikdir.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, Shu- ningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi bilim- lar hosil qilishga imkon beradi.
Sillogizm. Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shak- lida bo‘ladi. «Sillogizm» so‘zi qo‘shib hisoblash, degan ma’noni beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifodalashda qo‘llaniladi.
Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi — yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqa- ruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastk bki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan
235
umumiyroq bo'lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:
Hamma baliqlar suvda yashaydi.
Sazan — baliq.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashay- di, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |