Falsafa asoslari


Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə118/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da tezis sof ayiruvchi mu- lohazaning (kuchli diz’yunktsiyaning) bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, «Bu xatni do‘stlarimdan A, yo B, yo C yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni B ham, C ham yozmaganligi»ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan», degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash ayiruvchi — qat’iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variant- lar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, ya’ni tezis isbotla- nadi.

Raddiya. Rad etish usullari.

Raddiya — argumentlash (isbotlash)ni buzishga qaratilgan mantiqiy amal.

Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun




248

raddiyani argumentlash (isbotlash)ning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentlash (isbotlash) kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan mulohaza), argumentlar (tezisni rad qiluvchi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo'ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnash- chilaridan biri rnalum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilin- magan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.

Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:



  1. Tezisni rad etish



  2. Argumentlarni rad etish



  3. Demonstratsiyani rad etish.



  1. Tezisni rad etish.



Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:



  1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealar, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Bu qolyozma XVII asrda yozilgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun yozuv usuli, qog‘ozning turi, qaysi alifboda yozilganligi kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz.



  2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbot- lanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bo'ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formu- lasi quyidagicha: (a—>b) -> ((a->b)->a).



  3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo'lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin