Falsafa asoslari


Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bo‘Iish va taraqqiy etish shakli



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə126/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

258

Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bo‘Iish va taraqqiy etish shakli. Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. Gipoteza (faraz) — o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli tax- min tarzidagi bilim shaklidir.

Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment nati- jalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo'ladi.

Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiruvchi taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi mu- lohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qi- luvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning bosh g‘oyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar — vaqtinchalik, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi.

Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehti- moliy xulosa chiqarish hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba’zi hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi mumkin.

Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, tal- qin etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza — bu har qanday taxmin emas, balki o'zining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, malum bir darajada asoslangan farazdir.

Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bos- qichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) mu- vofiqligi aniqlanadi.




259

Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvofiqligini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.

Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav- qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo'lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o'zining bilishdagi aha- miyatini yo'qotmaydi. Rad etilsa, o'rniga boshqa gipoteza qu- riladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha, ya’ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi.

Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo'lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy gipotezalarni ajratish mumkin.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin