Falsafa asoslari


Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzi- lishi bilan bog‘liq boigan va bilmasdan yoi qo‘yilgan mantiqiy xato - paralogizmlar deb ataladi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə124/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzi- lishi bilan bog‘liq boigan va bilmasdan yoi qo‘yilgan mantiqiy xato - paralogizmlar deb ataladi. Masalan: «Missioner» parologizmi. Bir missioner (dinni targ‘ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo‘r) lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib yeyish masalasida bahslashib qolishibdi. Ba'zilari qovurish kerak desa, boshqalari qaynatish kerak debdi. 0‘zaro kelisha olmay bir qa- rorga kelishibdi. Ular missionerga: «Sen biror gap aytgin. Agar gaping to‘g‘ri bo‘lsa, seni qaynatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, qovurib yey- miz» - deyishibdi. Missioner ularga «Meni qovurib yeysizlar» - deb javob beribdi». Missionerning javobi kanniballarning o‘zaro tortishuviga sabab bo‘libdi. Chunki qovurib yesalar, u to‘g‘ri gapirgan bo'ladi va uni qaynatish kerak bo‘ladi. Agar qaynatib yesalar, unda noto‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va shartga muvofiq uni qovurish kerak bo‘ladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalan- gan missioner qochib qutuilibdi.

Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin boigan fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, «Buning isboti yo‘qligi isbotlangan», «Hech qachon «hech qachon» so‘zini aytma», «0‘yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham boisa, hech qanday qoida yo‘q».

Yuqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o‘z qarashlarini himoya qilishga, mustaqil nuqtayi nazarga ega boiishga va boshqalarning zararli ta'sirlaridan saqlanishga yordam beradi.




  1. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipo- teza, nazariya.



Bilish jarayonida inson voqea va hodisalarning mohiyatini tushunib boradi. Inson qancha ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, bil- magan narsalari undan ham ko‘proq bo‘ladi. Bilmagan, noma’lum narsalarni bilish uchun hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yetarli bo‘lmaydi. Bilish jarayonic a mavjud bilimlari- mizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qi- lish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat


255

paydo bo'ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, kompyuter viruslariga qarshi himoya tizimini yaratish shunday muammolardan hisoblanadi. Meditsina sohasida rak kasalligini davolash, avtomobilsozlikda yoqilg‘ini tejovchi vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bog‘liq muammolar va boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozir- gi kunda bu muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va prinsiplarning yetarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib bo- rishni talab qilmoqda.

Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ich- ki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda matematikada to‘plam nazariyasi bilan bog‘liq muammo- larni hal qilish zaruriyati bunga misoldir.

Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo'lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlar yetarli darajada tizimga solin- maganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.

Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraq- qiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bi- lish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin