Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi — odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat tomonidan qabul qilingan, o‘rnatilgan axloqiy normalar orqali tartibga solinishi va boshqari- shi bilan ifodalanadi. Unda axloqiy munosabatlarni tartibga soluv- chi vosita vazifasini axloq tamoyillari, normalari, jamoatchilik fikri, el-yurt o‘rtasidagi obro‘-martaba, an'ana, urf-odat, o‘git, pand-nasihat va boshqalar tashkil qiladi. Tartibga solish, boshqa- rish esa bevosita moslovchi-norma, talab qiluvchi-norma, taqiq- lovchi-norma, chegaralovchi-norma, namunali-norma va hoka- zolar orqali amalga oshiriladi.
Qadriyat maqomini olgan axloq ana shu jarayonda o‘zining ijobiy kuchini namoyish qiladi.
Axloqning aksiologik funksiyasi — bu «axloqiylik va axloqsiz- lik», «yaxshilik va yomonlik» nuqtayi nazaridan odamlarning xatti-harakatlariga, niyati, maqsadi, o‘y-xayollariga, vaj-sabablari- ga, axloqiy qarashlari va shaxsiy xislatlariga baho berish asosida ularni qadrlashni amalga oshiradi. Axloqning ana shu funksiyasi axloqiy qadriyatlarning qanchalik hayotiy yoki hayotiy emasligini ifodalovchi vositalardan biri hisoblanadi. Xuddi shu joyda axloqiy va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi ham ko‘zga tashlanadi.
Axloqning maqsadga yo‘naltirish funksiyasi — bu jamiyat ha- yotida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan axloqiy qadriyatlar tizimi- ning kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi yo‘lchi yulduz ishini bajaradi. Axloqning bu funksiyasi har bir jamiyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan axloqiy qadriyatlar tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shu tufayli ba’zi bir axloqiy qadriyatlar umumin- soniy yoki milliy darajaga ega bo‘ladilar.
Axloqning bilish funksiyasi — bu odamlardagi yaxshi va yo- mon fazilatlarni anglab olish asosida voqelik to‘g‘risida muayyan bilimlarni hosil qilish ishini o‘taydi. Ma’lumki, axloqiy bilim, prinsip, norma, kodeks, nizom va boshqalarda ijtimoiy axloqiy qadriyatlar haqida ko‘plab axborot-ma'lumotlar o‘z aksini top-
269
gan bo‘ladi. Ana shu axborot-ma'lumotlarga ega bo‘lish odam, jamiyat uchun eng qiyin, og‘ir damlarda birdan bir to‘g‘ri axloqiy tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |