Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə134/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Etika va dinshunoslik. Etikaning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo — axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy din- lar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloq- qa ana shunday ta’sir o‘tkazgan.

Etika va huquqshunoslik. Etikaning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin.

Etika va pedagogika. Etika pedagogika bilan ham cham- barchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbi- yalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasihatlarsiz, odobno- ma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois, etika o‘zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi.

Etika va ruhshunoslik. Qadimdayoq etikaning ruhshunoslik bi- lan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtayi nazardan olib boriladi: ruh- shunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asoslarning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, etika esa ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.

Etika va sotsiologiya. Etikaning sotsiologiya bilan aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijti- moiy murvatlaridan bo‘lmish axloqni o‘rganadi. Lekin etikaning miqyosi bu borada keng. Ma’lumki, sotsiclogiya insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muay- yan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Etika esa, o‘z mo-


271

hiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asos- larini o'rganadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin