Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bogiiq xatolar. Mulohazalar bilan bogiiq xatolar. Mulohazalar- ni tushunchalarning mantiqiy bogianishi deb qarash mumkin. Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq boiishi ularning to‘g‘ri va chin boiishi uchun muhim ahamiyatga ega. Maiumki, mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari boiib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bogiiqligi ham fikrning to‘g‘ri va chin boiishini ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda mulo- haza yolg‘on hisoblanadi:
Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boimagan xususiyat tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yigindisi 360° ga teng).
Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boigan xususiyat in- kor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi).
Juziy chin boigan mulohaza ba’zi holatlarda umumiy deb qabul qilinsa (masalan, «Ba’zi o‘quvchilar mas’uliyatsiz» mulo- hazasini «Hamma o‘quvchilar mas’uliyatsiz» mulohazasi bilan almashtirilsa).
Xulosa chiqarish bilan bogiiq xatolar.
Fikr yuritish jarayonida eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xatolar xulosa chiqarish bilan bogiiq. Bunga sabab xulosa chiqarishning har bir turiga xos boigan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xato- lardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqa- rishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoi- dasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko‘ra I flgura
244
bo‘yicha kichik asos inkor mulohaza bo'lganda hosil qilingan xu- losa noaniq (ko‘pincha xato) bo‘ladi. Masalan:
Hamma advokatlar yuristdir.
Bu kishi advokat emas.
Bu kishi yurist emas.
Xulosaning noaniq bo‘lishiga sabab, yuristlar faqat advokat emas, balki o‘qituvchi yoki olim bo‘lishlari ham mumkin.
Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining nati- jasida vujudga keladi. Masalan:
Hamma okulistlar shifokordir.
Bu ayol shifokor.
Bu ayol okulistdir.
Shifokorlar faqat okulist (ko‘z shifokori) emas, balki stomato- log, kardiolog, xirurg bo‘lishlari ham mumkin.
Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqa- rishda eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, de- mak, shu sababga ko‘ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kel- gan hodisalarning hammasida avvalgisi sabab, keyingisi oqibat bo‘ladi, degan fikrga asoslanish natijasida yuzaga keladi.
0‘xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda, taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib olinsa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan:
Aziza va Robiya bir sinfda o‘qiydi, yoshlari va bo‘ylari teng.
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi.
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan xususiyat do- imo tasdiqlanishi shart.
Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan xususiyat doimo inkor qilinishi shart.
Dostları ilə paylaş: |