Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə111/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu- shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S


  • kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat- ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M



  • (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos- larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket- ma-ketlikda kelishiga bog‘liq emas.


0‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy ele- ment hisoblanadi.



SilTogizm aksiomasi

Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo- salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.

Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning

S — kichik termin;


M — o‘rta termin;
R — katta termin.

236

ichida joylashgan bo£ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor- damida ifodalash mumkin.

Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak- siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal- luqli fikr hisoblanadi.

Masalan:

Hamma odamlar tirik mavjudotdir.

Hamma talabalar odamlardir.

Hamma talabalar tirik mavjudotdir.

Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin