Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu- shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S
kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat- ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M
(terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos- larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket- ma-ketlikda kelishiga bog‘liq emas.
0‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy ele- ment hisoblanadi.
SilTogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo- salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning
S — kichik termin;
M — o‘rta termin;
R — katta termin.
236
ichida joylashgan bo£ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor- damida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak- siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal- luqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir.
Dostları ilə paylaş: |