Yagona o‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlari- ni solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisa- ning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Ya- gona o'xshashlik metodining formulasi:
ABC a
ADE a
AGF a
Demak, A holat ma’lum darajada a hodisaning sababidir. Yagona tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash aso- sida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hol- lar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi.
ABC a
BC a emas.
Demak, A holat a hodisaning sababi bo‘lishi mumkin.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o'zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o'zgarishining saba- bidir.
ABC a
AjBC a
A2BC a
N. AnBC an
Ehtimol, A holatning o‘zgarishi unga mos holda a ning o'zgarishiga sababchidir.
241
Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo'lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sa- babni topish maqsadida qo‘llaniladi.
ABC abc
B b
C c
Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qis- mining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar meto- di ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
ANALOGIYA — (grek. — moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umu- miylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa pred- metga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, Imom G‘azzoliy «Kimiyoi saodat» asarida dil (ko‘ngil)ni badan mamlakatining podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, «podshoh — Dil vazir - Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aql- ga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mam-
242
liikati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok boMg'usidir*1, — deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish hoshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi eh- limoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba'zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o'zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Mo- deldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turda- gi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqos- lanadi. 0‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
0‘xshatilayotgan predmetlarni A va B harflari bilan, belgilarni a, b, c harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini qu- yidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Sj - Pl5 P2, P3, P4, belgilarga ega.
S2 - Pj, P2, P3, belgilarga ega.
Demak, S2 - P4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga e’tibor kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir- biriga mehrsiz, mahallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o'xshashligi asosida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida
1 Abu Xomid G'azzoliy Kimiyoi saodat. - T.: Adolat. 2005. - 37-6.
243
boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqa- riladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifoda- lash mumkin:
A — B ga, C — D ga bo'lgandek munosabatda.
Bunda A - B model, C - D prototip bo‘ladi. Model va pro- totip o'rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet so- halariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o‘rtasidagi muno- sabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining yemi- shi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |