Falsafa asoslari


Induktiv xulosa chiqarish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə113/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Induktiv xulosa chiqarish. Yakka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba nati- jalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barcha- siga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.

Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgi- ning mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xu- losa chiqariladi.

Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tek- shirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqa- rishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsi2 induksiya.



To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf


239

predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq induksiya miqdori cheklangan va aniq bo'lgan (sanaladi- gan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashti- rish yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo'lib, uning xulosasi doimo aniq bo‘ladi.



To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga te- gishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga man- sub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.

Ilmiy induksiya

Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv- chi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. To'liqsiz induksiya- ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuv- chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi.

Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqa- rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o‘rganishda quyidagilarga e'tibor berish zarur:



  • ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit- da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa- radi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi;



  • sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olam- dagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo'lmaydi;



  • sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma- ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo'lavermaydi;



  • sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bo‘lib, muayyan sa- bab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.



Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sa- bab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa- rishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bo'lishi mumkin.

Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mav- jud bo‘lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga




240

o'xshashlik, tafovut, yoMdosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin