l. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin ueb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. M; salan, qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo'lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
«Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chin- ligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbot- lansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bogiiq xatolar. «Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xa- toga yo‘1 qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador boimagan argument- larga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan boiadi.
Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin boigan (shartlangan) fikrni, do- imiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘1 qo‘yiladi.
Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bogiiq boigan xatolar.
2. Argumentlashning strategiyasi va taktikasi. Fikrni asoslash- da uchraydigan xatolar.