Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan ar- gumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi te- zisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo'lishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asos- lab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birga- likda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llanadi.
Tezisga aloqador qoidalar: Tezis mantiqan aniq va ravshan bo'lishi kerak. Bu qoida bu- zilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo'lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi.
Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» de- gan xato kelib chiqadi.
Argumentlarga nisbatan qoidalar: Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukm- lar bo'lishi va bir-biriga zid bolmasligi lozim.
Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim.