Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə127/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qo- nuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi.

Juziy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi tax- minlar juziy gipotezaga misol bo‘ladi.

Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.



Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladi- gan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o'rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperi- ment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.

Shunday qilib, gipoteza muammoning yechimini topish uchun xizmat qiladigan fikrlarning, bilimlarning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.



Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida. Har bir fan so-

hasida turli nazariyalar mavjud bo‘ladi. «Nazariya» atamasi keng




260

ma’noda amaliyotdan farq qiluvchi aqliy faoliyat turini ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, shu so- hani yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir. Nazariya ilmiy bilishning shakli sifatida empirik va nazariy bos- qichlarning birligini ifodalaydi.

Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizim- ga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.

Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin o‘zaro aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.

Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mav- jud. Nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilin- gan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruv- chi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalar o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, nazariyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tu- shunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasawur hosil qiladigan, yangi fundamental umum- lashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tu- shuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.

Har bir nazariya o‘z tushunchalari va taTiflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib kimyo fanidagi atom, molekula, ishqor kislota kabi tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi Shuning- dek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin