Muammoni aniqlash va yechimini asoslashda savol-javobning oTni. Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi
261
eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javob- ni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushuncha- larning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g‘ri qurishga va xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o‘ziga xos alohida ko‘rinishidir. Savol berish, ya’ni fikrni to‘g‘ri javobga yo‘naltirish san’ati — tafakkurlash madaniyatining zaru- riy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng ma’noda tafakkur shakli bo‘lib, uning yordamida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ma’lum turdagi bilimlarning yetish- maslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi1. Inson bilimi predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yan- gi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yara- tishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savol- larni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. Savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma’lumot yakunlanmagan bo‘ladi. Mulohaza va so‘roq gap bilishda turli- cha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqi- dagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savollar iltimos yoki talab qilib beriladi. Demak, savol avvaldan nia'lum bo‘lgan axborot asosida qo‘shimcha axborot olish uchun iltimos yoki talabni ifodalovchi nutq shaklidir. Savolda ma’lum bir boshlang‘ich bilim mujas- samlangan bo‘ladi, ya’ni savol berish uchun ma’lum bilimga ega bo‘lish talab qilinadi.
Savol va javob insonlarning dialog ko‘rinishidagi muloqot shaklidir. Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlik- dir. Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati beqiyosdir. Savol bo‘lmasa bilish ham bo‘lmaydi. Lingvistikadan
1 OeaopoB B.H. 3poTeTHHecKaa JiorHKa. //JIorHKa. VhcShhk ana SaKanaBpoB. noa pea. A.H.MHryHOBa, H.B.MHKHpTyMOBa, B.H.OeflopoBa. - MocicBa: npocneicr, 2015.C. 428-429.
262
yaxshi ma’lumki, gapning har bir bo‘lagiga nisbatan va umuman gapning o‘ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, «Professor Azlarov 314-auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga ma’ruza o‘qiydi». Ushbu gap bo‘yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiq- da savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni chin yoki yolg‘on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun ko‘proq o‘rinli-o‘rinsiz, ma’noli-ma’nosiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri, to‘liq- to‘liqsiz kabi tasniflardan foydalaniladi.
Mantiqda savollar har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |