Falsafa asoslari


Muammoni qo‘yish va hal etish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə125/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Muammoni qo‘yish va hal etish.

Muammo — javobi bevosita mavjud bilimda bo'lmagan va ye- chish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.

Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasi- dan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi.

Ko‘lamiga ko‘ra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha davlat miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo'yilgan savol muammoning yarim yechimi hisoblanadi.

256


Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav- vur qilishning o‘zi yetarli emas. Har qanday muammoning yechi- mi ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish muhim ahamiyatga ega.

Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bi- limlari va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda, ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, OAV, Internetdagi ayrim ma’lumotlar en- digina ma’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqi- qatni yolg'on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan yosh- larda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yosh avlod ma’naviy olamining daxlsizligini asrash jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq etilmoqda.

Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yon- dashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum- kin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juziy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juziy muammolar hal qilingan- dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish imkoniyati vujudga keladi.

Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni ye- chishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metod- larini topish zarur. Bu amalda qo'yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni




257

bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.

Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehti- yojlariga bog‘liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqla- nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.

Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vu- judga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni yechishga moslashtirishni talab qiladi.

Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:



  1. mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalar aniqlanadi;



  2. muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib, ularga baho beriladi;



  1. muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tek- shirish yo‘llari belgilab olinadi;



  2. muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.



Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye- chishga kirishiladi.

Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la yechimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomon- larini qamrab olib bolmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.

Ba’zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib bolmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.

Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vosita- lar yordamida yechib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin