Bahsda qo‘llaniladigan hiylalar:
yolg‘on uyatga qo‘yish (opponentning atrofdagiiar \aa
obro‘si to‘kilishidan xavotirlanishini bilib, undan fovH-i 0 uiua
argumentlarni «yog‘lash» (opponentga oshkora “ amsh);
go‘ylik qilish); ‘Ushomad-
yosh, ma’lumot va mavqeni pesh qilish (masalan
lom oling, keyin gapiring);
ayval dip-
253
Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo‘lib, ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Soflzm so‘zi «ayyorlik», «soxta donolik» degan ma’nolarni bildiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilar, ya’ni rostni yolg‘on, yolg‘onni rost deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilar soflstlar-safsatabozlar deb ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbot- lovchi kishilar bo‘lib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishda o‘ziga xos isbotlash usullaridan foydalanadilar.
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida safsatabozlar qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko‘rsatadi: «1) tanbeh berish; 2) dovdiratish; 3) tuhmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur qilish; 5) bema’ni narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbat- doshga so‘z bermaslik». Sofistik muhokamalarga chalkashtirish, yanglishtirish, aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb bilish xosdir.
Sofistik muhokamalar so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo‘llaniladi. Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshining yolg‘on ga- pirayotganligini ko‘rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) hadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur etishdir. Sofistlar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda insonning ruhiy holatidan, tafakkurida o‘rnashib qolgan fikrlaridan, odat- laridan, Shuningdek biror g‘oyaning tarafdori ekanligidan ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, «Kal» sofizmi:
Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to‘kilsa, u kal bo‘ladimi?
Yo‘q.
0‘n dona to‘kilsa-chi?
Kal bo‘lmaydi.
Bittadan boshdagi hamma sochlar to‘kilgandachi?
Unda kal bo‘ladi.
Sen o‘z so‘zingga o‘zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta sochi to‘kilsa kal bo‘lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona
254
soch tolasining to‘kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining to‘kilishi bir hodisa deb ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |