|
Bevosita (aynan so‘ralgan savolga javob berish) va bilvosita javoblar
|
səhifə | 130/187 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 0,94 Mb. | | #204217 |
| Falsafa asoslari-hozir.org
Bevosita (aynan so‘ralgan savolga javob berish) va bilvosita javoblar (so‘ralgan savolga taalluqli boshqa maiumotlarni qo‘shib javob berish).
Toiiq (savolning barcha elementlari haqida maiumotlar berilgan) va toiiqsiz (savolning ba’zi elementlari haqida maiumotlar berilmagan) javoblar.
Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni adekvat aks ettirmagan) javoblar.
Qisqa (ha, yo‘q, bilmadim) va batafsil (savolning har bir elementi takrorlanadigan) javoblar.
Aniq (tushunchalar, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi konkret va ravshan boigan) va noaniq (ikki xil ma'noli tushunchalar, so‘zlar ishlatilgan) javoblar.
Savol va javobga qo‘yiladigan umumiy talablar:
savol ham javob ham grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan boiishi;
savol ham javob ham aniq, ravshan va iloji boricha ixcham boiishi;
savol ham javob ham yetarli darajada asoslangan boiishi zarur.
Yuqoridagi ko‘rsatmalar bilim olish, shaxsiy va ijtimoiy mu- nosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun muloqot olib borishda nihoyatda ahamiyatlidir.
Tayanch tushunchalar: argumentlash, tezis, asos-dalil, isbot- lash, rad etish, tanqid, argumentlashning strategiyasi, argument- lashning taktikasi, paralogizm, sofizm, paradoks, kommunikativ model, proponent, opponent, muammo, savol, javob, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ish- chi gipoteza, nazariya.
264
Takrorlash uchun savollar
Muammoli vaziyat qanday vujudga keladi?
Muammo nima?
Muammolar ko‘lamiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Muammoni hal etish uchun nima qilish kerak?
Gipoteza nima?
Nima uchun gipotezalarni mantiqiy qurish vositasi ehti- moliy xulosa chiqarish hisoblanadi?
Gipotezalarning qanday turlari bor?
Nazariya nima?
Nazariyaning ilmiy bilishdagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
Savol nima?
Savolning qanday turlari bor?
Qanday savollar ilmiy savol bo‘ladi?
Javobning qanday turlari bor?
265
Dostları ilə paylaş: |
|
|