Sillogizm figuralari va moduslari.
Sillogizmlar bir-biridan 1) o‘rta terminning joylashishiga qa- rab va 2) asoslar va xulosadagi mulohazaning miqdori va sifatiga ko‘ra farq qiladi. 0‘rta terminning o‘rni sillogizmning figurasini belgilab beradi.
figurada o‘rta termin katta asosning subyekti, kichik asos- ning predikati bo‘lib keladi. II figurada o‘ ta termin katta va kichik asoslarning predikati bo‘lib keladi. III figurada o‘rta ter- min har ikki asosning subyekti bo‘lib keladi. IV figurada o‘rta
237
termin katta asosning predikati, kichik asosning subyekti bo‘lib keladi1.
I figura M P
S M
S - P
figura
P M
S M
S - P
figura M P
M S
S - P
figura P M
M S
S - P
Sillogizm asoslari oddiy qafiiy mulohazalardan iborat. Bu mu- lohazalarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (to'plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» shakl degan ma'noni ang- latadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos shakllari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri shakllarini aniqlab, to‘g‘ri xulosa chiqa- rishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir fi- guraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog'lanishi asosida aniqlanadi.
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, «U talaba bo‘lgani uchun, stipendiya oladi», «Birodarim e'tiqodda sobit, shuning uchun unga ishonsa bo‘ladi». Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi - aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar uch turli bo'ladi:
tartibli, ya'ni katta asosi tushirib qoldirilgan.
tartibli, ya'ni kichik asosi tushirib qoldirilgan.
tartibli, ya’ni xulosasi tushirib qoldirilgan1 2.
1 Look: Morris R. Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific method New Dehli. 2007. p.82
2 Look: Morris R. Cohen Emest Nagelan introduction to logic ... New Dehli. 2007. p.78.
238
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi.
Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko'rinishiga keltiramiz:
Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javo- bini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topa- di, shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri to- padi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san'atida keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |