Falsafa asoslari


Francis e-Library, 2006. p. 18



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə108/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Francis e-Library, 2006. p. 18.


230


Mulohazalarning inkor qilinishi. Mulohazalarni inkor qilish muhim mantiqiy amallardan bo‘lib, u orqali yangi mulohazalar (inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan in- kor mulohaza) hosil qilinadi.

Ikki mulohaza bir-biriga zid bo'lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg‘on bo‘lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo‘lsa, in- kor qilayotgan mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mu- lohaza (p) yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza (p) yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza (1 p) chin boMadi1 (l — inkor belgisi).



Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.

Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy er- gashish tushunchasi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bi- limlarga ega bo'ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bi- limlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.

Xulosa chiqarish — bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruv- chi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asos- lardan xulosaga o‘tish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo'lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak. Masalan, «Ibn Sino «Donishnoma» asarini yozgan» va «Pifagor matematik bo‘lgan» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.

Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog'langan bo'lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqa- rish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Do‘stlarim sport bilan shug‘ullanadilar» degan mulohazadan «Do‘stlarim sport masteri» deb, xulosa chiqarib bo'lmaydi.




1 Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor &


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin