Falsafa asoslari


Argumentlarni rad etish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə119/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

249





  1. Argumentlarni rad etish.



Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan ar- gumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi te- zisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo'lishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.



  1. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.



Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asos- lab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.

Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birga- likda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llanadi.



Isbotlash va rad etish qoidalari, ular buzilganda

kelib chiquvchi xatolar

Tezisga aloqador qoidalar:



  1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo'lishi kerak. Bu qoida bu- zilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo'lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi.



  2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» de- gan xato kelib chiqadi.



Argumentlarga nisbatan qoidalar:



  1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukm- lar bo'lishi va bir-biriga zid bolmasligi lozim.



  2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.



  3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin