Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə117/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Isbotlash — bir mulohazaning chinligini u bilan bog‘liq boshqa chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amal. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argu- mentlar (asoslar), isbotlash usuli — demonstratsiya.

Tezis — chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan mulohaza, u is- botlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bo‘ladi.

Argumentlar (lot. argumentum — isbot asosi) — dalillanishi (isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asos- lash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir.

Isbotlash usuli — demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shak- lida bo'ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.

Argumentlash (isbotlash)ning ikki turi mavjud: bevosita isbot- lash, bavosita isbotlash.



Bevosita argumentlash (isbotlash)da tezisning chinligi to‘g‘ridan to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan mu- lohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani


247

ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qo- nundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «0‘zbekiston — mustaqil davlatdir», degan mulohaza (tezis)ning chinligi «0£zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.



Bavosita argumentlash (isbotlash)da esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apa- gogik argumentlash (isbotlash) tezis (a) va antitezis (]a) o‘rtasidagi munosabatga asoslanadi. Masalan, «muloqot insonlarni birlashti- radi», degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «muloqot insonlarni birlashtirmaydi», degan mulohaza olinadi.

Apagogik argumentlash (isbotlash)da antitezis topilib (1-bos- qich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi is- botlanadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin