Demografik muammolar. XX asr o‘zining bir qator belgilari bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX asrni «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yu- zida aholining tez sur'atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijti- moiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug'ilish hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834-y.) ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progres- siya bo‘yicha ko‘payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit berishi mumkin bo‘lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o‘rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, bundan 6—8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko‘rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln., 1500-yilda 440 mln., 1800-yilda 952 mln., 1900-yilda 1656 mil- lionni, 2012-yilda esa 7 mln.ni tashkil etgan. XYI asr boshidan
199
XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900-yildan to 2016-yilgacha esa bu nisbat salkam 5 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholi- ning tabiiy ko'payish sur’atlari turlicha bo‘lib, bu o‘z navbatida, Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog‘ining kes- kin o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800-yilda (Napoleon zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishi — Yer yuzi aholisi- ning 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, Filippin orollarida yashayot- gan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo‘lib, planeta aholisining umumiy salmog‘iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999-yil 13-oktabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovonni bosib o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmog‘ining 0,94 foizini, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi salmog‘1 (1,05%) bo‘yicha Fransiyadan o‘zib ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlakat doirasidan chiqib, jahon muammosiga aylandi. U bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish zarur.
Umumbashariy muammolar 0‘zbekistonni ham chetlab o‘tgan emas. Albatta, mamlakatimizda sobiq ittifoqdan meros qolgan eng global muammo Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko‘pdan-ko‘p tashabbuslarni o‘rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga, mam- lakatimiz aholisi ham muttasil o‘sib bormoqda.
0‘zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bog‘liq masalalarni, aytish mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda respublika hukumati inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ilgan har bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur ang- lashlari uchun juda katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsad- da «Sog‘lom avlod» jamg‘armasining tuzilishi, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi ham fikrimizning dalili bo‘ladi.
200
Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga mehr-muhabbatli bo‘lish kabi muqaddas tuyg‘ulari avloddan-av- lodga meros bo‘lib o‘tayotganligi bejiz emas. Zero ona Vatani- miz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi shak-shubhasizdir.
Dostları ilə paylaş: |