Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə85/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

202

Formal mantiq — mulohazalar va isbotlashning strukturasini analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi.

Noformal mantiq (informal logic) — tabiiy tilda argumentlash- ni qurish va baholashning noformal standartlarini, uni talqin qi- lishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir.

Nazariy mantiq — muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi yoki mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bo‘lib, ular tabiiy va maxsus formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va aksio- malarga asosan qurilgandir.

Amaliy mantiq — 1) insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini; 2) nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya’ni dalil- lash va rad etishni; 3) faoliyat mantig‘i, qaror qabul qilish mantig‘i, tanlash mantig‘i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.

Eramizdan avvolgi IV asrdan boshlangan va XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida yakunlangan (formal) mantiq rivojlanishining birinchi bosqichi an’anaviy (klassik) mantiq deb ataladi. An'anaviy mantiq to‘g‘ri tafakkurlashni asosan tabiiy tilga tayangan holda o‘rgangan.



Noan’anaviy (noklassik) mantiq — klassik mantiqni tanqid qi- lish va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, to‘ldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi g‘oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan man- tiqiy nazariyalarning majmuyidir.

Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri — XX asr- ning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichini ifo- dalash uchun qo‘llaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq va simvolik mantiq terminlari bilan ham ataladi. Matematik mantiq terminining qo‘llanishi uning zamonaviy mantiq bi- lan qo‘llaydigan usullariga ko‘ra o‘xshashliklarini bildiradi. «Simvolik mantiq» termini esa zamonaviy mantiqda mantiqiy tahlil qilish maqsadida maxsus yaratilgan formallashgan tillar qo‘llanishini ko‘rsatadi.

Biz formal mantiqni o‘rganamiz. Formal mantiqning o‘rganish predmetini quyidagilar tashkil etadi:




203







  • tafakkurlash shakllari, ularning tabiati va ularning tuzilmasi (strukturasi) bilan bog‘liq qonuniyatlari;



  • fikrlar o‘rtasidagi aloqalarning qonunlari;



  • bu qonunlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin