Falsafa asoslari


Tafakkur va uning xususiyatlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə86/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur bilishning yuqori

bosqichi ratsional (lotincha ratio — aql) bilish bo‘lib, unda pred- met va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.

Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhum- lashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bi- lan uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bo‘lish shakli hisobla- nadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar.

Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bog‘liq. Tafak- kur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga erishiladi.

Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xu- losa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks et- tirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun- qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amali- yotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.

Tafakkur qonunlari. Inson bilish jarayonida buyum va hodisa- lar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar hosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.

Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniq- lik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va asoslanganlik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.




204

Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritil- ganda, ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorla- nishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qo- nunining mohiyatini tashkil etadi.

Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqi- da aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A—A» formulasi bilan ifodalanadi.

Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayo- nida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu man- tiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayoni- da bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishi- ga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Bahs-munozara ja- rayonida qanday qilib bo‘lsa ham raqibini aldash va yutib chiqish maqsadida Ayniyat qonuni talablarini ataylab buzuvchilar sofist- lar deb ataladi, ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.

0‘zbek xalqiga xos bo‘lgan askiya san’atida Ayniyat qonuni ta- labining ataylab buzilishini so‘zlarning o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga xos so‘z o‘yini bo‘lib, unda qo‘llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo‘ladi. Aytish mumkinki, hayotda, amaliyot- da tushunchalarning turli ma’nolarda qo‘llanilishi g‘arazli yoki beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.

Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl- lariga xos bo‘lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo‘lgan konkret qoi- dalarda aniq ifodalanadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin