Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan tushunchalarning uch guruhga bo‘lishini izohlang?



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə116/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

12.Axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan tushunchalarning uch guruhga bo‘lishini izohlang?

13.Axoqshunoslikda muhabbatning bosh mezoniy tushuncha sifatida ahamiyatini ko‘rsating?

14.Muhabbatning ob’ekti qanday tushunchalar orqali belgilanadi?

15.Ezgulik va yovuzlikning axloqshunoslikdagi eng muhim mezoniy tushunchalar ekanligini hayotiy misollar orqali atib bering?

16.YAxshilik va yomonlik tushunchalarining mahiyatini taxlil qiling?

17.Adolatning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi nimada?

18.Vatanparvarlik tamoyilining mohiyati nimadan iborat?

19.Rostgo‘ylik yoki to‘g‘ri so‘zlilikning inson kamoltidiga ahamiyatini tushuntiring?


20.Ixtiyor erkinligi tushunchasini izoxlang?.
21.Iroda erkinligi nima?
Adabiyotlar:
A-1,2, 6. Q-1,3,5,28. E-1-2.


14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni. (2 soat)
Reja:
1. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.
2.Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri.
3.Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari.

Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. CHunki har bir jamiyat a’zosi, bo‘lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi.


Nikoh va muhabbat. Avvalo, nikoh haqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar uchun - 18, qizlar uchun - 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu - masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi - axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog‘liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Biroq sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. SHu jihatni nazarda tutadigan bo‘lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. SHu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon o‘z erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo‘lishini anglab etmog‘i lozim. Bundan tashqari nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi. Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy bo‘yni yo‘qotib qo‘yish hech gap emas. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy holatning asosida muhabbat yotmog‘i lozim, o‘shanda bunday hollar ro‘y bermasligi shubhasiz. Ayni paytda dunyodagi hamma narsa-hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj ekanini unutmaslik kerak.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin