Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə18/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Temuriylar davri falsafasi. Sohibqiron Amir Temur jahon va Vatanimiz tarixada o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardandir. Uning millatimiz ravnaqi uchun buyuk xizmatlarini quyidagilarda ko‘rsatish mumkin: birinchidan, Amir Temur nafaqat Movarounnaxr elini, balki bir qancha SHarq va G‘arb xalqlarini mo‘g‘ul istilosidan ozod qildi. Ikkinchidan, u Movarounnaxrda markazlashgan mustaqil buyuk davlat tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchidan, Amir Temur va temuriyzodalar – SHohruh, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Bobir Mirzolar o‘zlari ziyoli, din va tasavvuf qoidalarini yaxshi biladigan insonlar edi. Ular shu asosda davlatni boshqarish bilan birga mamlakatda ilm-fan, falsafa, adabiyot, madaniyat va san’at rivojiga ulkan imkoniyatlar yaratib berdilar.
Ular yashab mamlakatni idora qilgan davr X1U-XU asrlarga to‘g‘ri keladi. Aynan shu davrda Ko‘ksaroy masjidi, SHohizinda, Bibixonim madrasasi, Go‘ri Amir maqbarasi Keshda Oqsaroy, shuningdek, Ulug‘bek rasadxonasi, Hirotda ko‘plab me’morchilik binolari va ko‘plab boshqa mashhur tarixiy obidalar barpo etildi. Ilm-fanning bir qancha sohalari, xususan, tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, jug‘rofiya, pedagogika, mantiq, falsafa, ahloqshunoslik, va boshqalar rivojlandi.
SHu davrda yashab ijod etgan Sa’diddin Taftazoniy (1322-1392) 40 dan ortiq risolalrning muallifidir. Ular falsafa, mantiq va kalom ilmiga, ritorika, arab tili grammatikasiga oid asarlar bo‘lgan. Alloma sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq ilmi va uning vazifalari haqida fikr yuritgan. Uning fikricha, olamdagi barsa narsa va hodisalar o‘rtasida sabab va oqibat munosabatlari mavjud. Inson xulq-atvoridagi fazilatlar, uning olijanobligi, ezgu ishlari Xudoning mohiyatidan kelib chiqadi.
Taftazoniy bilish jarayonini narsalar haqidagi his-tuyg‘ulardan boshlanadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, bilish uch bosqichdan tashkil topadi: 1) his-tuyg‘u a’zolari va ashyolar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir; 2) ularning inson ruhi tomonidan qabul qilinishi; 3) tafakkur. Mantiq, , uning fikricha, inson tafakkurini hatolardan xalos qiluvchi vosita bo‘lib, tasavvur va tasdiqdan tashkil topadi hamda yangi bilimlarni hosil qilish uchun zamin yaratadi.
Taftazoniy mantiq ilmini rivojlantirdi, uni kalom falsafasini o‘rganishga tadbiq etdi. Uning qarashlari Markaziy Osiyoda ilmiy va ilg‘or ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin