Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


- bu insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq eng muhim va asosiy muammolardir



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə81/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

- bu insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq eng muhim va asosiy muammolardir.

Jaxon miqyosida yuz berayotgan jarayonlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda insoniyat oldida turgan dolzarb umumbashariy muammolar quyidagilar:

Er yuzida tinchlikni ta’minlash va insoniyatning urushlardan saqlash (urush va tinchlik muammosi)

Atrof muhitni samarali muxofaza qilish. (ekologik muammo)

Axoli sonini ortib borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishida mutanosiblikka erishish. (demografik muammo)

Er yuzi axolisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari bilan ishonchli ta’minlash.

Ochlik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlakatlar o‘rtasidagi keskin farqni bartaraf etish;

Xavfli kasalliklarni tugatish;

Inson ma’naviy – axloqiy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya muammosi) va boshqalar.

Bu muammolarni har biri u yoki bu darajada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy nuqtai - nazardan ilmiy tahlil etilgan. Ayni vaqtda, davrimizning umumbashariy muammolari ilmiy adabiyotlarda falsafiy talqin etilmoqda.

Muammolarning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiylik, avvalo, shundaki, ular butun insoniyatning hayot – momoti taqdiri, imkoniyatlari va iqboli bilan bevosita bog‘liqdir.

Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili bo‘lgan fan – texnika inqilobi bilan bog‘langan. Fanda erishilgan kashfiyotlar yangi texnik vositalar yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida texnika rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlar qilishga jiddiy turtki bermoqda. Ularning natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada keskinlashuviga olib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda eng katta umumbashariy muammo – urush va tinchlik muammosini jamiyatning ichki rivojlanish jarayonlari maydonga keltirgan. Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi, mamlakat ichkarisida yoki uning tashqarisida mamlakatlar o‘rtasidagi mojarolarni xal etishda siyosiy zo‘ravonlik ishlatishni, yoxud uni istisno etishni bildiradi.Tinchlik xalqlarning xoxish – irodasi, orzu – umidi bo‘lsa, urush xukmron kuchlarning siyosati oqibatidir. YOzma yodgorliklarning guvohlik berishicha, sunggi 6 ming yil davomida er yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo‘lgan. SHu davr ichida atigi 3 ming yilgina urushsiz o‘tgan.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin