SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan, «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Hodisa uchun etarli bo‘lgan shart deb, har safar shu shart bo‘lganda, o‘sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan, «Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi». SHartlar «etarli, lekin zaruriy bo‘lmagan», «zaruriy, lekin etarli bo‘lmagan», «zaruriy va etarli» bo‘lishi mumkin. Masalan, N sonining ikki va uchga bo‘linishi uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy va etarli shart hisoblanadi. N sonining ikkiga bo‘linishi uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy, lekin etarli bo‘lmagan shartdir. N sonining o‘nga bo‘linishi uning ikkiga bo‘linishi uchun etarli, lekin zaruriy bo‘lmagan shartdir.
SHartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. SHartli hukmning «agar» va «unda» so‘zlari oralig‘idagi qismi – asos, «unda» so‘zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. «agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmida «yomg‘ir yog‘sa» hukmi asos, «uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun etarli shartni ifodalagan hukm shartli hukm deyiladi.
SHartli (implikativ) hukmlar «agar ... unda» mantiqiy bog‘lamasi (®) belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba’zan (Y) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. SHart-li hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi – antetsedent, natijasi – konsekvent deyi-ladi. Implikativ hukm antetsedent – chin, konsekvent – xato bo‘lgan holatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi.
Xulosa chiqarish.Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.