Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə131/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Kulgililik. Kulgililik insonni atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan munosabatining o‘ziga xos shakli bo‘lib, dunyoga kulgili nigoh bilan qaraydigan yoqimli va xushnudlik xolatidir. Bunday hodisalarni mavjud voqelik va undagi beo‘xshov tomonlar to‘ldiradi. Aksariyat tadqiqotchilar kulgililik kategoriyasining murakkabligi, tushunchalar tizimidagi paradokslarini ko‘rib, kulgililikni in’ikos ettirish juda ham qiyinligini ta’kidlaydilar. Kulgili xolat, kulgi qo‘zg‘aydigan hodisalarning benihoyat ko‘pligi kulgililikning tadqiqot doirasi va ko‘lami kengqamrovli ekanligidan dalolat beradi. U o‘ta harakatchan, qo‘nimsiz, o‘zgaruvchan bo‘lishi natijasida kulgu - nima, qachon, qaerda, qanday sharoitda yuzaga keladi-yu, va aksincha kulgu nima, qachon, qaerda, qanday sharoitda yakunlanadi degan savolga bir mazmunda javob topib bo‘lmaydi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Vaholagki, quldorlik tuzumi zodagonlaridan bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi. Arastu fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi serjaxllik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo‘ladi. Arastu fikricha, kulgi-axloq hududlarini bezarar buzishdir. Uning estetikasida kulgi inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Arastuning fikriga ko‘ra, har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu xolatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa-boshqalarning ermagi, ovunchog‘idir.
O‘rta asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo‘lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida qaraldi, «Islom dini kulgini inkor etadi»-,degan fikrlar ham yuzaga keldi. Aslida esa Islom dinining muqaddas manba’larida kulgi va kulgilik ulug‘lanadi. Jumladan, hadislarda «Kulduruvchi ham, yig‘latuvchi ham Olloh taolodir!»-deyiladi. Bundan tashqarii qiyomat kunida ummatlarning ahvoli, ularning sirot ko‘prigidan o‘tishiga doir «Sirot-jahannam ko‘prigi xususida» deb nomlangan hadisi sharifda Abu Xurayra rivoyat qilishicha, yuzi jahannam otashiga qaratilgan bir bandning «YO rabb, meni jahannamning tutuni zaharlab, alangasi kuydirayotir, yuzimni o‘tdin o‘zga tomong‘a qaratg‘il, meni baxtiqaro banda qilib qo‘ymag‘il»- deb iltijo qilaverganidan Olloh taolo kulib yuborgani, Ollox taoloning kulgani uni jannatga kirish uchun izn berilganligining alomati ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. SHundan so‘ng «Ul jannatga kirgach, falon narsalarni ham tilayvergil, deyilg‘aydir, ul tilag‘aydir. So‘ng YAna falon va falon narsalarni ham tilaverg‘il, deb aytilg‘aydir, ul jamiki tilaklarini aytib tugatmaguncha, tilak qilaverg‘aydir. SHundan so‘ng Ollox taoloning o‘zi: «Mana bu ham senga, anavi ham senga!»- deb ne’matlar ato etg‘aydir»: bu odam eng keyin jannatga kirgan jannat ahlidan bo‘lishi ta’kidlanadi. Demak kulish Xudodan, kuldirish esa faqatgina bandasiga nasib etgan tuyg‘udir
Kulgililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni-keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning his-tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi. SHuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi.
Qo‘rquv bilan kulgi bir-biriga o‘ta qarama-qarshi tushunchalar bo‘lib, agar inson yaramas va hunuk hodisalar ustidan kulishga o‘rganib olsa, u bu illatlardan qo‘rqishni tark etadi va ular bilan kurashga bel bog‘laydi. Kulgi o‘z tabiati jihatidan demokratik mazmunga ega bo‘lib, barcha odamlarni bir-biriga qovushtirib baravarlashtiradi, chunki kulishayotgan odamlar o‘zaro tenglashadilar. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo‘lib qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi beqiyos rango-ranglik, xilma-xil qirralarga ega bo‘lib, mayin, rag‘batlantiruvchi, hushfe’l hazil tuyg‘usidan tortib, to ayovsiz achchiq istehzogacha bo‘lgan keng doirada amal qiladi.
Komediya asarlarining buyuk ijodkorlari nafosatli baholarining aniqligi va to‘g‘riligi bilan ajralib turadilar. Ular hech mahal achchiq, istehzoli kulgini faqat mayin hazil va muruvvatli tabassumga loyiq hodisalarga nisbatan ishlatmaganlar va aksincha, ayovsiz, keskin qoralanishi lozim bo‘lgan hodisalarni tasvirlayotganlarida mayin hazil va muruvvatli tabassumdan butunlay yuz o‘girganlar.
Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish-bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy voqea-hodisalari joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. SHuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda topadi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo‘yadi, lekin kulgi bu jarayonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi.
Badiiy adabiyotda satira eng hajmli komediya turlaridan sanaladi. Atoqli yozuvchilar Gogol, CHexov, Saltikov-SHchedrin, Bulgakov, A.Qahhor, SH.Boshbekovlarning ijodida mazkur janr umumbashariy muammolarni ko‘tarish darajasiga chiqadi va bu bilan millat, xalq, ma’naviyat fojeasiga yaqinlashadi. Satira badiiy umumlashtirishning alohida turi sifatida mumkin qadar keng mushohada etiladi. SHu boisdan satira ob’ekti bo‘lgan kimsalar gohida yirik ramziy umumlashmalar darajasiga ko‘tariladi. Zero, sudho‘r, ziqna, qizg‘onchiq odamlarni ko‘rganimizda «Qori ishkamba» nomini bejiz tilga olmaymiz. CHunki bu bilan o‘sha tegishli odamning «Qori ishkamba»ga o‘xshagan xislatlari borligiga ishora qilib, uni satirik jihatdan umumlashtirishga uringan bo‘lamiz.
Kulgililik-yuksak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi. Kulgi-tanqidning ehtirosi estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqalanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning barcha shakllariga qarshi ko‘rishuvchi buyuk kuch sifatida maydonga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan-to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi. YOki buyuk adib Abdulla Qahhor ijodida shunga mos misollar talaygina Masalan, yaxshilikni bilmaydigan yozuvchilar to‘g‘risida «Bu odam» to‘nkarilib qolgan to‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi». Jurnal yoki gazetani o‘z saviyasiga moslab olgan muharrirlar to‘g‘risida bunday deydi: «Redaksiya eshigini o‘z bo‘yiga moslab qurib olgan, katta yozuvchilar bu eshikka sig‘maydi». Talantsiz yozuvchilar to‘g‘risida «Mana bu odam ko‘chadan o‘tib keta turib oyog‘i toyib soyuz eshigining ichkarisiga yiqilgan. Xaligacha chiqib ketmaydi.» va h.k.
Ma’lumki, «Gulmisiz-rayhonmisiz, jambulmisiz» deb nomlangan askiyapayrov so‘z o‘yini o‘zbek milliy askiya san’atining gultojisi hisoblanadi. Bunda zukkolik, zakiylik nafaqat fazilat sifatida, balki u kulgi xissini yuzaga keltiruvchi faol, badiiy shakli sifatida ham namoyon bo‘ladi. SHuningdek, yumor tuyg‘usi har qanday iste’dodning ajralmas hamrohi, desak mubolag‘a qilmaymiz. Iste’dodli odam yumor tuyg‘usidan benasib bo‘lishi mumkin emas va aksincha, yumor tuyg‘usiga ega bo‘lmagan odam iste’dodli bo‘la olmaydi.
Kulgining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, hazil va hajviya ularning ichida eng asosiysi hisoblanadi. Bulardan tashqari, mashara, o‘xshatma (parodiya), piching, kesatiq, hazil-mutoyiba, xajviy rasm (karikatura), mubolag‘a, latifa, askiya kabilar kulgililikni paydo qiluvchi muhim omillardir. Insonning tashqi va ichki olamidagi ayrim qusurlar, kasbi yoki kundalik faoliyatidagi kulgiga daxldor jihatlar hazil uchun sabab bo‘ladi. Bunga qo‘yidagi xolat misol bo‘la oladi. Bir vaqtlar Toshkentda Penson degan fotojurnalist o‘tgan bo‘lib, u 20-yillardanoq shu sohada ishlagan, respublikada bormagan joyi qolmagan, qanday yirik hodisa bo‘lmasin, hammasini suratga olib, gazetaga bostirardi, suratlarining tagiga esa «Foto Pensona» degan imzo qo‘yardi. SHu bois uning laqabi ham «Foto Penson» bo‘lib ketgandi. Abdulla Qahor shu odamga quyidagicha hazil she’r yozgan:


Suvrati olamga mashxur gazetu jurnaldin,
Qayga borsam, shunda hozir foto Pensonim mening.

Xajviya-jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin mashara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo‘lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obro‘sizlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. SHu bois mashara fisqu-fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish masharaning real voqelikdagi ko‘rinishlaridir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin