Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə144/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

YAhudiylik-YAhudiylik dini asosan yahudiylar o‘rtasida tarqalgan eng qadimiy dinlardan biridir. Miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da Muso payg‘ambar faoliyati bilan vujudga kelgan. Arabiston yarim orolining shimolida ko‘chib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastnni bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda isroil-YAhudiya davlatini tuzdilar. YAhudiylik dini ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqining ayrim e’tiqodlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Fanda yahudiylikning to‘rt bosqichi aniqlangan.
1.Eng qadimiy yahudiylik (Bibliya davri);
2.Klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536, milodiy 70 yillar);
3.Ravvinlar davri;
4.YAngi davr yahudiyligi (Modernistik yahudiylik)21.
(1)Eng qadimiy yahudiylik dastlab Falastindagi ikki davlat – Isroil va YAhudiya davlatlari (miloddan avvalgi XI-X asrlar)ning keyinroq ular birlashgach, yagona YAhudiy davlatining dini bo‘lgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan.
(2)Bundan keyin yahudiylikning klassik davri boshlandi. Miloddan avvalgi 586 yili yangi bobil podshosi Navuxodonasor II YAhudiya davlatini yakson qildi. Salkam 30 ming yahudiyni asir oldi. 50 yil davom etgan “Bobil asirligi” va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. “Qadimgi ahd” matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan.
(3)Milodiy 70 yili Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. YAhudiy ruxoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan. Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda Quddus talmudi IV asrda va Bobil Talmudi V asrda e’lon qilingan.
VII – XVII asrlarda yahudiy ruxoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar – Tavrot va Talmudni targ‘ib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda ko‘plab ravvin adabiyotlari vujudga kelgan.
(4)XVIII asrdan keyin esa, diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va engillashtirish harakatlari avj oldi. Hozirda, yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar soni 18 millionga yaqin. Ularning uchdan bir qismi AQSHda joylashgan
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida animizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘inish hukmronlik qilgan. YAhudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. YAxudiylikning “muqaddas”' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar yaxudiylikning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalq", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar yaxudiylik ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq yaxudiylik, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o‘zgartirgan.
YAxudiylik politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. YAxudiylikda mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) YOqub (Iakov), YUsuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda yaxudiylik yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan.
Ammo tarixiy fenomen sifatida yaxudiylikning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. CHunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa kabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda kabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi YAxve esa barcha xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda YAxve tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. Quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashish va birlashishga olib kelgan. YAhudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari o‘zlarini erda hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida ham tasvirlay boshlaganlar.
SHu tariqa YAxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo‘lgan YAxve yakka deb e’tirof etilgan. Quddus (Ierusalim) shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. YAhudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan.
Bu din ta’limotiga ko‘ra, YAxve olamlarni yaratishni yakshanbadan boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. SHuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra, shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, xech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.
Bu din asoschisi Muso payg‘ambar Tur tog‘ida YAxve bilan gaplashganda unga o‘nta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi. Ular quyidagilardir:

  1. YAxvedan boshqani iloh deb bilmaslik.

  2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik.

  3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik.

  4. SHanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash

  5. Ota-onani hurmat qilish.

  6. Odam o‘ldirmaslik.

  7. Zino qilmaslik.

  8. O‘g‘irlik qilmaslik.

  9. YOlg‘on guvohlik bermaslik.

  10. YAqinlarini narsalariga ko‘z olaytirmaslik.

YAxudiylik milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini mustaqkamlagan; ular esa podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. YAhudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni hamda urf-odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali yaxudiylikning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.
SHunday qilib, yaxudiylikning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. SHulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya matnlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan – Qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va YAngi axdnoma (Novыy zavet)dan iborat. YAxudiylik ruhoniylari YAngi axdnoma tannax deb ataydilar. YAxudiylik tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo – YAxve "muqaddas yozuvlar" sifatida yahudiylarga yuborgan. Aslida esa YAngi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi SHarq xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat qissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan foydalanganlar.
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishn tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Quddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘ilishlar – sinagoglar22 tashkil etdilar.
YAhudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. YAhudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan. Ularni qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, ta’qiqlar, fuqarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin