Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
(5)Sionizm oqimi. Sionizm nomi Quddusdagi Sion tog‘i bilan bog‘liq. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T.Gerlsning “YAhudiylar davlati” risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – yahudiylar o‘zlari yashab turgan turli o‘lkalardan chiqib, Falastinda “milliy birlashish”ga erishish. Sionizm “Jahon yahudiy millati”, “oliy millat” kabi g‘oyalarni ilgari suradi. O‘z g‘oyasiga ko‘ra, sionizm siyosiy oqim bo‘lib, maqsadiga erishish yo‘lida yahudiy dinidan foydalanadi.
YAhudiylar o‘zlarini YAxvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan iborat. Ibodatlar uyda ham, sinagogada ham birday olib boriladi. YAhudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Tavrotning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida holda ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xo‘r shaklida olib boriladi.
YAngi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. YAhudiylikda bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho‘chqa, quyon, qo‘shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o‘laksaxo‘r qushlar kabi ba’zi xayvon go‘shtlarini eyish ta’qiqlanadi.
YAhudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Pasxa bayramidir. Bu bayram xristianlarning Pasxa bayramidan farqli ravishda, YAhudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini sho‘a qoni bilan bo‘yab, o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
YAhudiylar pasxa bayramidan keyingi etti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – Matsa eydilar. Matsani eyish bilan har bir yahudiy Muso payg‘ambar boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini xis etadi. Bu bayram aprel oyining o‘rtalarida nishonlanadi.
Pasxadan keyin 50-kuni yahudiylar SHabuot, SHevuot bayramini nishonlaydilar. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayram hisoblangan Keyinchalik Sinay tog‘ida Muso payg‘ambarga Xudo tomonidan Tavrotni berilishini nishonlab o‘tkaziladigan bayramga aylangan.
Sentyabr oyining oxiri, oktyabr oyining boshlarida yahudiylarning yangi yil bayrami Rosh Ashona bayrami nishonlanadi. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo‘chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, cho‘ntaklarini to‘ntarib yaxshilab qoqadilar.
Sentyabr oyining 9-kuni gunohlardan poklanish bayrami – YOm kipur bayrami nishonlanadi. Rosh ashona va YOm kipur bayramlari orasida yahudiylar ro‘za tutadilar. Ro‘za kunlari ular yuvinmaydilar, yalangoyoq, eski-tuski kiyimlarga o‘ranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab tavba qiladilar.
Purim (Qur’a) bayrami yahudiy bayramlari ichida eng quvnog‘i hisoblanadi. Bu bayram yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo‘lgan Fors podshohi Xomon zulmidan qutulganliklari sharafiga bahorda nishonlanadi. Ularni Xomondan o‘z amakisi Mordexay tarbiyalagan Esfir ismli qizcha qutqargan. SHuning uchun yahudiylar bu kuni “Xomonga la’natlar bo‘lsin, Mordexayga Xudoning rahmatlari yog‘ilsin”, deb qichqiradilar.
Ma’lumki, yahudiylar Markaziy osiyoga qadim zamonlardan ko‘chib kela boshlaganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli rivoyatlar ham mavjud. Ularning ichida umume’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu millatning Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga ko‘chib kelishi ko‘p asrlar mobaynida davom etgan. Tahminlarga ko‘ra, ular Assuriya quvg‘inlari paytida – eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Xatto eramizdan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat Markaziy Osiyoni o‘z hukmlari ostida tutib turganlar va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi amalga oshgan. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida gaplashishlari ham quvvatlaydi. Ularning xayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy – Markaziy osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. YAhudiylik millat dini bo‘lganligi uchun yahudiylar qaerda bo‘lmasin, biri ikkinchisidan qancha uzoq bo‘lmasin, o‘qiydigan kitobi Tavrot e’tiqod qiladigan dini yagona bo‘lib qolaverdi. XVIII asrda Markaziy Osiyo yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili o‘zi G‘arbiy Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag‘ribiy o‘z shahri yahudiylari uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida Buxoroga keladi. U bu erlik yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha boshlaganlarini ko‘rib, shu erda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi.
YAhudiylar doimo tinya, kam aholili joylarda yashashni afzal ko‘rganlar. Garchi Markaziy osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa ham, ular ko‘proq Samarqandda yashaganlar. XVIII asrning o‘rtalarida Nodirshoh Samarqandni bosib olganida uning lashkarlari orasida turklar, lazginlar, afg‘onlar, eroniylar, shuningdek, yahudiylar bo‘lganlar. Ular Samarqandning SHoh Kash, CHor Raga, Novadon, Qo‘shhovuz kabi guzarlarda yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodirshoh davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo‘lgan.
Son jihatdan ko‘paygan yahudiylar barchalari bir mavzega jam bo‘lib yashashni hoxlashardi. Biroq, Buxoroda ham, uning SHahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylarni musulmonlardan ajralgan holda alohida yashashga majbur edilar. 1843 yilning bahorida mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2.5 gektar joyni 10 000 kumush tangaga sotish haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudiylardan 32 kishi imzoladi, davlat uni haqiqiyligini to‘rt muhr bilan tasdiqladi. SHunday qilib yahudiylar O‘zbekistonda birinchi mahallalariga ega bo‘ldilar.
Qur’on va hadis islom ta’limotining asosiy manbalari. Kalom ilmi. Moturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imon va uning shartlari.Kalom ilmida shirk, kufr, qiyomat tushunchalarining talqini. Jannat va do‘zax. Mo‘‘jiza va karomat. Qur’oni karim va undagi umuminsoniy g‘oyalar. Abul Muin Nasafiy va uning ilmiy merosi.