Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə62/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’ektiv va qonuniy jarayondir;
ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning o‘zilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
uchinchidan, sakrash eski qarama-qarshiliklarning birligini tugatish va yangi sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni xal qilishdir;
to‘rtinchidan, sakrash narsa va hodisalarning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Amalga oshish muddatiga bog‘liq ravishda asta-sekinlik bilan ifodalangan sakrashdan bir zumda shiddat bilan sodir bo‘ladigan sakrashni farqlash kerak. Binobarin, kimyoviy elementlarni biriktirish jarayonida tub sifat o‘zgarishlar shiddat bilan, juda tez sodir bo‘ladi. Ammo hayvonlar bilan o‘simliklarning rivojlanish jarayonida eski sifatdan yangi sifatga o‘tish bir-muncha sekin sodir bo‘ladi. Tez sodir bo‘ladigan sakrashlar bilan asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlarning bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak. Tez sakrash shunday xususiyatarga egaki, u birinchidan, xal qiluvchi zarbaning birdan-bir ifodasi sifatida bajariladi. Bu sifatiy o‘tish bo‘lib dastavval birdaniga eski tugatiladi va sungra yangi bunyod etiladi. Ikkinchidan, u bexostan tez sodir bo‘ladi. Ijtimoiy hayotda tez sakrashga eski ijtimoiy tuzumni tugatib, yangi tuzumni urnatadigan inkiloblar misol bo‘la oladi.
Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini bir yo‘la tugatish bilan emas, balki uzoq vaqt davomida eski sifatni yangi sifatga aylantirish bilan tavsiflanadi. Bunday sakrashga hayotning, insonnig paydo bo‘lishi va xokozolar misol bo‘la oladi.
Inkorni inkor qonuni ob’ektiv olamning va bilishning turli sohalarda ko‘plab uchraygan keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan qonundir. Agar arpa erga ekilsa, u issiklik va namlik ta’sirida ko‘karadi va undan o‘simlik paydo bo‘ladi. Endilikda arpa (don) o‘zini (o‘zi) inkor etadi. O‘simlik o‘sadi, gullaydi, changlanadi va nihoyat yangidan arpa (don) etishadi, tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu erda hissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir – biridan farq qiluvchi muhim tomonlaridir.
Inkorni inkor qonuni jamiyat ma’naviy hayotida ham namoyon bo‘ladi.Masalan, qadimgi falsafa taffakko‘rning materiyaga munosabatini oydinlashtirib bera olmas edi. Lekin bu masalani xal qilish zaruriyati tanadan chiqib ketadigan jon to‘g‘risidagi ta’limotga, sunar bu jonning o‘lmasligi to‘g‘risidagi da’voga, nihoyat monotezmga (bir xudolikka) olib keladi. SHunday qilib, yangicha qarashlar eskisini inkor kildi. Lekin falsafa yanada taraqqiy qilib borishi bilan idealizm ham asossiz bo‘lib chikdi va materializm tomonidan inkor etildi. Hozirgi zamon materializmi eski materializmning oddiygina tiklanishidan iborat bulmay, balki uning mustaxkam asoslariga falsafa va tabiatning ikki ming yillik taraqqiyotida erishilgan yutuqlarni ko‘shadi. Umuman, endi bu falsafa emas, balki dunyoqarashdir va maxsus real fanlarda tasdiklanishi va o‘zini ko‘rsatishi lozim.
Dialektikaning inkor haqidagi ta’limoti quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, eskining yangi tomonidan inkor etilishi – kishilarning ongi va irodasiga bog‘liq bulmagan ob’ektiv jarayondir. Inkor sub’ektiv, tashqaridan kiritilgan fikr emas, balki ob’ektiv jarayon taraqqiyotining bosqichidir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin