Reja: Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiѐt tushunchalarining o‘zaro aloqasiva farqi.
Migratsiya va urbanizatsiya barqarorlik va beqarorlik omili.
Global jaraѐnlarni prognozlashtirishning ijtimoiy zarurati. Covid19 –muammosi.
Dunѐ va O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya amaliѐti
Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo — yadro qurolining oldini olish ko‘ndalang bo‘lib turgan bo‘lsa, II jahon urushidan keyin ahvol o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan o‘z manfaatlar yo‘lida foydanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo‘lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini etarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi?» — degan savolni o‘z oldiga ko‘ndalang qo‘yishi va unga javob topishi zarur bo‘lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo‘lmaydi.
Tabiatga kishilarning zug‘umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog‘lig‘i, ijtimoiy muhitga bo‘lgan aks ta’siri tobora xalokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahdikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo‘llash orqaligina qutulishi mumkin.
Butun dunyo yagona va o‘zaro bog‘liqsir. Bizning mushtarak burchimiz er yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir.
Hozirgi paytda insoniyatga xafv solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo‘lmagan muammolarga aytiladi.
Bunday muammolar quyidagilardir:
jahon iqgisodiyoti va ijtimoiy hayotning o‘sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
iqtisodiy qoloqlikni tugatish; er yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish;
tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish; '
insoniyatning baxt-saodati yo‘lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish;
(eng xavf;sh kasalliklarga qarshi kurash, kosmosni o‘zlashtirish;
dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlamining yo‘qolish xavfining oldini olish va h. k. );
insoniyat va uning kelajagi to‘g‘risidagi o‘zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlari bilan o‘zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy taxlil qilish.
Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko‘ndalang turib qolishning o‘ziyoq kishilik sivilizatsiyasi o‘ta murakkab, o‘ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruxdari mavjudki, ularni hal qilishning o‘zidayoq butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:
Birinchilan. hozirga paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o‘rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k.) bo‘lib, bular shartli ravshsda «intersotsial» muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni qamrab oladi.
Ikkinchidan. «Inson va jamiyat» o‘rtasidagi munosabat bilan bog‘liq muammolar bo‘lib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko‘payishining tsz sur’atlar bilan ildam ketishi «Demografik portlash», kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tsz o‘zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan. «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, aholini oziq — ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o‘rnini va ahamiyatini to‘g‘ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.
Xuddi shuningdek, sof ijtimoiy global muammolarning echimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish kerakligani hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyatlar yuklaydi.
Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli tug‘risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968 yilda A. Pechchei tomonidan asos solingan «Rim klubi» a’zolari bo‘lgan J. Forrester, D. Medouz, YA. Tinbergan, A. King va boshqalar tomonidan tayyorlangan hisobotlarning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubha ostida qoldirayotgan umumbashariy muammolar ko‘lamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilinayotgan zug‘umning mudhish oqibatlari qanday bo‘lishi to‘g‘risida jiddiy mulohazalar yuritiladi. «Rim klubi» a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lib, unda asosan tajriba sinovidan o‘tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.
Demak, .insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning echimi umuminsoniy mushtarak manfaatlari yo‘lida hamjihatliqda qilingan sa’y-harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan, 1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgaliqda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yaigi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio-Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyul kuni B. Rassel tomonidan o‘tkazilgan press-konferensiyada «Rassel-Eynshteyn manifesti» nomi bilan pguhrat qozongan, butun er yuzi aholisiga, siyosiy va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingan. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Pa-guosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda «Biz yangicha fikr qilishga odatlashshshmiz kerak. Biz o‘z-o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarining harbiy g‘alabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo‘lishi mumligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding deb so‘rashimiz kerak», — degan so‘zlar bor edi.
Um u m b a sh a r i y m u a m m o l a r mazmunan boy va chuqurligi, kamrovining kengligi butun insoniyat hayotiga taalluqligi, milliy, mintaqaviy chegaralar bilan cheklanib qolmaganligi va boshqa qator xususiyatlariga ko‘ra, ayrim xalq va millatga, alohida bir iqtisodiy-ijtimoiy tuzumga bevosita tegishli bo‘lgan muammolardan keskin farq qiladi. U m u m b a sh a r i y m u a m m o l a r insoniyatning hozirgi davri uchungina emas, balki kelajakdagi hayotiy manfaatlari uchun ham juda muhim va katta ahamiyatga ega.