Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə87/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tafakkurning umummantiqiy shakllari qatoriga tushuncha, hukm (mulohaza), xulosa chiqarishlar kiradi.
Tushuncha – predmet va hodisalarni ularning umumiy, muhim belgilari orqali yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. SHuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir. Bunga e’tiborini qaratib, A.Navoiy ko‘ngul mahzasining qulfi til va ul mahzaning kalidin so‘z bil, deb aytgan edi.
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «tarix fakulteti», «O‘zbekiston milliy universiteti» va shu kabi so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
SHuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. SHuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi.
Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin