Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə28/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Gegel falsafasi. Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) nemis klassik falsafasining yirik namoyondalaridan biridir. Uning falsafiy qarashlari “Logika fani” (1812-1816), “Falsafiy fanlar ensiklopediyasi” (1817), “Huquq falsafasi” (1821), “Falsafa tarixi bo‘yicha leksiyalar” (1833-1836), “Tarix falsafasi” (1837), “Estetika bo‘yicha leksiyalar” yoki “San’at falsafasi” (1836-1838) kabi asarlarida ifodalangan.
Gegel falsafasi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi namis idealistik falsafasining so‘nggi bo‘g‘ini va eng yuqori cho‘qqisi edi. Gegel olam ruhini tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosi deb, falsafaning asosiy masalasini ob’ektiv idealizm nuqtai-nazaridan hal qiladi.
Gegel nemis klassik falsafasidagi idealistik qarashlarni davom ettirib, Kant falsafasidagi materializm elementlarni va Kant ognostitsizmini tanqid qiladi. Gegel Kantning “narsa o‘zida” ni bilish mumkin emasligi haqidagi agnostik g‘oyalarini tanqid qilib, “narsa o‘zida” bilan inson aql-zakovati o‘rtasida hech qanday o‘tib bo‘lmas to‘siq yo‘q, deb borliq va tafakkurning aynanligini ta’kidlaydi.
Gegel o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmron sinf (nemis burjuaziyasi) manfaatlaridan kelib chiqib, demokratik g‘oyalarga qarshi kurash va pruss davlatida oliy axloqiy erkinlik amalga oshgan, aql esa voqelikka aylangan deb hisoblaydi. Gegelning tushuntirishicha, kishilik jamiyati ruh rivojlanishining eng yuqori bosqichidir. SHuning uchun jamiyat tarixi taraqqiyoti ham idealistik pozitsiyadan ruhning rivojlanishi sifatida mistiklashtirib tushuntiriladi. Gegel o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarida (ular “Ruh falsafasi”, “Huquq falsafasi”, “Tarix falsafasi” asarlarida bayon qilingan) o‘ziga zamondosh narsalarning aqlga muvofiqligini asoslashga urinib, reaksion pruss davlat tuzumini mutloq ruhning oliy ifodasi deb hisoblaydi. Gegel qarashlarining reaksion va konservativ tomoni ham ana shunda edi.
SHelling Fridrix Vilgelm Yozef (nemis faylasufi. 1775-1854) Bosh asari: «Transsendent idealizm tizimi»ning falsafiy va metodologik ahamiyati shundaki, bu asarda tarixiylik tamoyillari ilk bor izchil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Transsendent idealizm tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi.
1. Nazariy falsafa. U o‘zlikni anglash uchun qarama-qarshi yo‘nalishlar (ob’ekt, sub’ekt, ideal va real faoliyat) o‘rtasida kurash lozim, degan metodologik qoidadan boshlanadi. SHelling o‘zlikni anglash faqat shu kurash jarayonida yuz berishini va «Men» mexanizmi to‘laligicha faqat o‘zlikni anglashni tashkil etuvchi qarama-qarshiliklardan keltirib chiqarilishi mumkinligini qayd etadi. Bunda u ikki holatni: «Men» endigina yuzaga kelgan va «Men» aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi holatlarni farqlaydi. Bunda birinchi holat «Men»dan tashqarida, ikkinchi holat – «Men»ning ichida bo‘ladi. SHu munosabat bilan ong qaysi holatdan boshlanishini aniqlash va unga mazkur chegaradan, ya’ni ongdan tashqarida yotgan narsalarni aralashtirmaslik juda muhimdir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin