Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə129/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Yangi davrda ong haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596-1650) ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substansiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa – ko‘lamli, fikrlamaydigan, moddiy substansiyaga qarshi qo‘ydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuv yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Shulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); ma'naviyni – moddiyga bog‘lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv sub'ektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va ob'ektiv (Platon, Foma Akvinskiy, Gegel) idealizm bilan bog‘liq bo‘lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, ma'naviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. Masalan, Gegel individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq g‘oyaning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu yerda ong tarixan belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning tuzilishi darajalari, xususan, hissiy, mantiqiy, individual va ijtimoiy darajalar farqlanadi.
Byuxner, Foxt, Moleshott kabi faylasuflar ongga «vulgar materializm» nuqtai nazaridan yondashadi. Bu yondashuvga ko‘ra ong sof moddiy jarayon sifatida talqin qilinar, uning mazmuni esa inson yeydigan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bilan bog‘lanar edi. Ular jigardan safro ajralganidek, aqldan fikr ajraladi, deb hisoblagan.
Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa neyrofiziologiya, biologiya, eksperimental psixologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar so‘nggi yillarda bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi. Shunga qaramay, sun'iy intellekt yaratish borasidagi ishlar, «fikrlovchi mashinalar»ning paydo bo‘lishi va «axborot portlashi» va kompyuter inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat o‘yinida hatto jahon chemionlarini ham yutishga qodir superkompyuterlarning yaratilishi inson ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, avvalgi savollarga javob olish barobarida yangi muammolar ham paydo bo‘ldi. Biroq ular ong muammosini yechishga nisbatan har xil, ba'zan bir-birini istisno etuvchi nuqtai nazarlar va falsafiy yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yo‘q.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin