Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Sog‘liq qadriyat sifatida



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə309/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Sog‘liq qadriyat sifatida. Inson sog‘lig‘i - qadriyatlar pillapoyasida eng yuksak pog‘onalaradan birini egallaydigan tabiiy, mutlaq va boqiy qadriyat. Insonning barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi uning sog‘lig‘i qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyoj yalpi xususiyat kasb etadi, u ayrim individlarga ham, butun jamiyatga ham xos. Shu sababli individual (shaxsiy) sog‘liq va jamiyat sog‘lig‘i yoki aholi salomatligi farqlanadi.
Sog‘liqning holati inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Masalan, muayyan inson hayotining to‘laqonliligi va faolligi uning sog‘lig‘i darajasiga, «sifat» xususiyatlariga bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, aholi salomatligi mehnat resurslarining sifatiga, ijtimoiy mehnatning unumdorlik darajasiga va shu tariqa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Erkinlik qadriyat sifatida inson uchun ulkan ahamiyatga ega. Bu kategoriyaning falsafiy talqini quyidagi ta'rifda o‘zining ayniqsa aniq ifodasini topgan: erkinlik – bu insonning ob'ektiv zaruriyatni bilishga tayangan holda o‘z manfaatlari va maqsadlariga muvofiq ish ko‘rish qobiliyatidir.
Erkinlik doim va hamma joyda eng buyuk qadriyat hisoblanadi. Boshqa hollarda bo‘lganidek, erkinlik uni inson anglagan taqdirdagina qadriyatga aylanadi. Erkinlikning qimmati anglab yetilmagan, inson o‘zini boshqa odamlar bilan teng jonzot sifatida idrok etmagan joyda o‘ziga qadriyat sifatida yondashish ham, insonning qadr-qimmati ham mavjud bo‘lmaydi. O‘zining erksizligini tushunish va erkinlikning qimmatini anglab yetish tub ijtimoiy o‘zgarishlar davrida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi.
Erkinlik – barcha odamlarning sivilizatsiya yutuqlaridan teng darajada foydalanish va o‘z mehnati mevalarini va o‘z taqdirini tasarruf etish huquqi. Erkinlik yo‘l tanlash imkoniyatidir. Ongli ravishda amalga oshiriladigan har qanday yo‘l tanlash kabi, erkinlik ham shaxs uchun muqobil imkoniyatlardan birini afzal ko‘rish va boshqasidan voz kechish bilan bog‘liq. Yo‘l tanlash shaxsning keyingi faoliyatini cheklovchi omilga aylanmasligi uchun u muhim qoidaga amal qilishi lozim: har safar yo‘l tanlashni amalga oshirayotganda keyingi yo‘l tanlashlar istiqboli toraymasligiga, balki insonga o‘zining yangi kasbiy, axloqiy va intellektual imkoniyatlarini aniqlash imkonini berib, kengayib borishiga erishishga harakat qilish kerak.
Shunday qilib, biz ko‘p sonli rang-barang qadriyatlar mavjudligini aniqladik va ularni tasniflashni amalga oshirdik. Endi barcha real qadriyatlar inson ongining omiliga aylanadimi, degan savolga javob topishimiz lozim.
Yo‘q, hamma qadriyatlar ham amalda inson ongining omiliga aylanavermaydi. Ba'zan bu insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan ob'ektiv sabablarga ko‘ra yuz beradi. Individ tomonidan anglab yetiladigan va uning e'tiqodlari qatoridan o‘rin oladigan qadriyatlar uning harakatlari tarzini belgilovchi mo‘ljallarga aylanadi. Boshqacha aytganda, anglab yetilgan qadriyatlar shaxsning qadriyatlarga bo‘lgan munosabatiga aylanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin