Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə60/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Imre Lakatos (1922-1974, britaniyalik fan faylasufi va tarixchisi) O‘zining ilk asarlarida farazlar va rad etishlar mantiqining o‘ziga xos variantini bilimning o‘sishi muammosining rekonstruksiyasi sifatida tuzishga harakat qildi. XVII-XIX asrlar matematikasi uning tahlil predmetiga aylandi. Keyinchalik u, o‘z fikriga ko‘ra, fanlarning rivojlanish zamirida yotuvchi ilmiy tadqiqot dasturlarining raqobati g‘oyalarini asoslashga harakat qiladi. U «Mening yondashuvim tadqiqot dasturlaridan iborat «raso fan» bilan sinov va xatolarning siyqasi chiqqan andozasidan tashkil topgan «noraso fan»ni farqlashning yangi mezonini nazarda tutadi»53[53], deb yozadi. Lakatos o‘z konsepsiyasini asoslashda fan tarixini o‘rganishga alohida e'tibor bergan.
Lakatos fikriga ko‘ra, ilmiy dastur ilmiy bilimning asosiy birligidir. U ilgari surgan konsepsiya nuqtai nazaridan fanning rivojlanishi tadqiqot dasturlarining o‘zgarishidir. «Men fanning uzluksizligiga Popper ko‘zoynagi orqali qarayman, - deb tan oladi u. – Shu sababli Kun paradigmalarni ko‘rgan joyda men oqilona tadqiqot dasturlarini ham ko‘raman»54[54]. Tadqiqot dasturi uzluksiz rivojlanuvchi asos, g‘oyalar va tamoyillar birligi bilan bog‘liq nazariyalar majmui va ketma-ketligi sifatida tushuniladi. Bosh nazariya keyingi nazariyalarning yuzaga kelishiga asos bo‘ladi va ularning har biri oldingi gipotezaga qo‘shimcha gipoteza kiritish orqali rivojlanadi. Lakatos «raso fan» va «noraso fan»ni farqlaydi. «Raso fan» shu bilan tavsiflanadiki, u:

  • ilgari ma'lum bo‘lmagan dalillarni bashorat qiladi;

  • yangi yordamchi nazariyalarni oldindan aytib beradi;

  • evristik kuchga ega bo‘ladi;

  • nazariy jihatdan mustaqil bo‘ladi.

Uzluksiz dastur alohida normativ qoidalar bilan muhofaza qilinadi.
Tadqiqot dasturi tarkibiga qattiq o‘zak, fundamental farazlar, ijobiy evristika qoidalari (ular tadqiqotlarni amalga oshirish yo‘llarini belgilaydi) va salbiy evristika qoidalari (ular taqiqlarni, qaysi yo‘llardan yurmaslik kerakligini ko‘rsatadi) kiradi. Fundamental farazlar o‘ziga xos xususiyat kasb etadi va shartli ravishda rad etilmagan deb olinadi. Qattiq o‘zak ilmiy dasturning barcha nazariyalarida o‘zgarishsiz saqlanayotgan muayyan ilmiy va ontologik farazlar majmuidan tashkil topadi.
«Salbiy» evristika qoidalari tadqiqot dasturining qattiq o‘zagini hatto u anomaliyalar bilan to‘qnash kelgan holda ham qayta ko‘rishni man etadi. Tadqiqot dasturi muayyan darajada dogmatik xususiyat kasb etadi. Bir marta qabul qilingan nazariyaning dogmatik to‘g‘riligi ijobiy ahamiyatga egadir. Usiz olimlar nazariyadan uning imkoniyatlari, kuchi va ahamiyatini anglashdan oldinroq voz kechgan bo‘lar edi. Shu tariqa u muayyan nazariyaning kuchi va afzalliklarini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadi. Uning izlariga Kunning «normal fan» davri tavsifidayoq duch kelish mumkin.
Nazariyaning «qattiq o‘zagi» yaxshiroq saqlanishi uchun qo‘shimcha gipotezalarning «himoyalovchi kamari» tashkil etiladi. Bu gipotezalar anomaliyalarga moslashib o‘z shakl-shamoyilini o‘zgartirishi mumkin. Bu bilan Lakatos anomal vaziyatlarga tushuvchi yoki qarshi misollar bilan to‘qnash keluvchi nazariyalarga baho berishda falsifikatsionizmga haddan tashqari berilishning oldini olishga harakat qilgan.
U yoki bu tadqiqot dasturini metodologik tahlil qilish texnikasi bir qancha bosqichlardan iborat:
tadqiqot dasturining oqilona rekonstruksiyasini ilgari surish;
uni haqiqiy nazariya bilan taqqoslash;
uni tarixiylik va oqilonalikning mavjud emasligi uchun tanqid qilish.
Uzluksiz o‘sish talabi Lakatos oqilona rekonstruksiyasining asosiy mazmuni va mohiyatidir. Umuman olganda, olimning konsepsiyasi mantiqiy-normativ xususiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqot dasturi ilmiy bilim rivojlanish yo‘llarining ko‘p sonliligi va rang-barangligini cheklaydi, fan tarixi turli nazariyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va raqobati tarzida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda, tadqiqot dasturlari, asosiy nazariyalar hamda ilmiy bilimning o‘zgarishi va rivojlanishi rang-barang shakllari mexanizmining amalda murakkabligi taklif etilgan model bilan uyg‘unlasha olmaydi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin