Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Falsafa tarixida tabiatga munosabat



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə113/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Falsafa tarixida tabiatga munosabat. Butun tarix mobaynida odamlar o‘zlarining atrof muhitga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini tinimsiz rivojlantirdilar va takomillashtirdilar. Shu tariqa jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabatlari ham o‘zgarib bordi. Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya sohasida va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma'lumotlar tabiatga antropogen ta'sir insoniyatning son va sifat jihatidan o‘sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib borgani va pirovard natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks ettirganini tasdiqlaydi. Bu bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson munosabatlarining o‘ziga xos shakllari va uning ongida tabiatning har xil in'ikosi xosdir.
Shuni ta'kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o‘zaro aloqasining u yoki bu bosqichlarini ajratish nafaqat masalaning ob'ektiv tomoniga, ya'ni ko‘rsatilgan o‘zaro aloqalarni tavsiflovchi tabiiy o‘zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida qanday maqsadlar ko‘zlanishiga ham bog‘liq. Ayni holda bizni insonning atrof muhitga ta'siri xususiyati va uning tabiatga bog‘liqligi masalalari ko‘proq qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o‘zining avvalgi tabiatga to‘la qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni o‘ziga bo‘ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida keskin ekologik muammolarni yuzaga keltirganini ko‘rsatib berishdir.
Insoniyat tarixining ilk bosqichida tabiatga munosabat. yer, okeanlar, qit'alar o‘rni va ularda yashovchi xalqlar haqidagi dastlabki tasavvurlar odamlarda atigi 300-400 yil muqaddam, Buyuk kashfiyotlar davri yakunlanganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Bungacha odamlar bir necha ming yillar mobaynida uncha katta bo‘lmagan hududlarda yashadilar.
Ibtidoiy odam termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanib, o‘zining odatdagi ehtiyojlarini tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirish bilan qondirgan, ya'ni tabiat bergan ne'matlar bilan kifoyalangan. Bu ne'matlar uning atrofida o‘sayotgan, chopayotgan, o‘rmalayotgan, uchayotgan, suzayotgan va ovqatlanish uchun yaraydigan narsalardan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda inson tabiatga to‘la singib ketgan va unga butunlay qaram bo‘lgan. U tabiatdan ajralmagan va o‘zini unga qarshi qo‘ymagan. Ayni shu sababli, o‘sha davrda faqat oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va yashab qolishni ta'minlovchi tabiiy sharoitlar bilan belgilangan o‘zining oz sonliligi tufayli ibtidoiy odam atrof muhitga sezilarli darajada zarar yetkazishga qodir emas edi.
Termachilikdan insonga uning kundalik hayotida zarur bo‘lgan narsalarni ishlab chiqarishga o‘tilishiga qarab, u tabiat resurslarini o‘z xo‘jalik muomalasiga tobora ko‘proq jalb qila boshladi. Shu tariqa inson o‘zi yashayotgan muhitni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Xususan, chorvachilikning rivojlanishi bilan yaylovlardan yovvoyi hayvonlar siqib chiqarildi. O‘zlarining odatdagi yashash joylaridan mahrum bo‘lgan bu hayvonlar soni kamaydi, ayrim turlar esa butunlay qirilib ketdi.
Insonning dehqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tishi tabiatda bundan ham kuchliroq o‘zgarishlar yasadi. Odamzot ekin maydonlariga joy ochish maqsadida o‘rmonlarga o‘t qo‘yib, ulardagi daraxtlarni ildizi bilan qo‘pora boshladi. Odamlar yashaydigan joylarda landshaftlar xususiyati o‘rmonlar kamayishi, tuproq nurashi va shu kabilar natijasida butunlay o‘zgardi.
Keyinchalik ariqlar va sug‘orish tizimlari qurilib, yer osti boyliklari izchil qazib olina boshlagach, tabiatdan foydalanish darajasi kengaydi. Temir paydo bo‘lishi bilan insonning texnik imkoniyatlari keskin ortdi, mehnat qurollari takomillashtirildi, yanada murakkabroq muhandislik va sug‘orish inshootlari paydo bo‘ldi. Inson tabiatni asta-sekin o‘ziga qarshi tashqi kuch sifatida idrok etib, tabiat bilan ayniy mavjudotdan undan farq qiladigan mavjudotga aylanib bordi.
Toshqinlar, yong‘inlar, qurg‘oqchiliklar, sovuqgarchiliklar, bo‘ronlar va zilzilalar insonning yashovchanlik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi, uni shafqatsiz stixiyaga qarshilik ko‘rsatish usullarini izlashga majbur qildi. Xavfdan saqlanish va o‘zini himoya qilish imkoniyatlarining ozligi insonda qo‘rquv va ishonchsizlik, qudratli tabiatga butunlay qaramlik tuyg‘ularini uyg‘otdi. Bunday kayfiyat insonni ming yilliklar mobaynida ta'qib qildi va qadimgi xalqlarning turli miflari va afsonalarida, shuningdek ularning dastlabki diniy tasavvurlarida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Xususan, so‘nggi zikr etilgan tasavvurlarda Quyosh, Oy va ayrim predmetlar alohida o‘rin egalladi, ularga sig‘inish talab etildi. Chaqmoq, yashin, bo‘ron kabi tabiiy hodisalar inson tabiatga ehtiromsiz munosabatda bo‘lgani uchun unga yuborilgan yot kuchlar sifatida yoki xudolarga itoat etmaganlik uchun jazo sifatida talqin qilindi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin